Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


  2-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 


74 
2-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi 
REJA 
1.Kamol topishning nazariyasi ilk nazariyasi K.Byuler bo‘yicha 
rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi.
2.X.Vernerning ortogenetik konsepsiyasi. A.Buzmanning rivojlanish 
nazariyasi.
3.Rivojlanishni 
tushuntirishning 
biogenetik 
yo‘nalishi 
(S.Xoll 
konsepsiyasi). Rivojlanish borasidagi tadqiqotlarning normativ yo‘nalishi 
(A.Gezell, L.Termen nazariyasi).
4.V.Shternning rivojlanishni ikki omilli konvergensiya nazariyasi. 
Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi. B.Skinner nazariyasi.
5.S.Biju va D.Baerning rivojlanish nazariyasi. R.Sirs nazariyasi.
 
Psixologiya fanida rivojlanishni davrlarga tabaqalash bo’yicha qator 
mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai 
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga 
biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik 
nazariyalarni kiritish mumkin. 
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan 
yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko’rib chiqamiz. 
Biogenetik 
nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul 
qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo’lib, ana shu omil bilan 
o’zaro bog’liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi 
biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Rivojlanish jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal 
bosqichi sifatida talqin qilinadi. 
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun 
tana 
a’zolarining 
rivojlanishi 
nazariyasini 
tashviq 
qilishda 
hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq 
unda tana a’zolarining individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini 
tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik konunga 
ko’ra, shaxs psixologiyasiniig individual rivojlanishi
(rivojlanish) butun 
insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha 
takrorlaydi. 
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) hali 
odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, u 
psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida oddiy 
odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga 
yetadi, maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik 


75 
maktab yoshida uning ongi o’rta asr kishilari darajasiga, nihoyat, yetuklik davri 
(16—18 yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi. 
S.Xoll “rekapitulyasiya qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) 
psixologik o’sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, rivojlanish 
filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go’daklik 
hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy 
mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan 
mos keladi. 8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va 
sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. O’spirinlik esa jinsiy 
yetilishdan (12—13 yoshdan) boshlanib yetuklik davrigacha (22—25 yoshgacha) 
davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo’ron va 
tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo’lib, odamda 
“individuallik tuyg’usi” vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z 
navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi 
rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham 
mumkin emas. 
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitusion 
psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining 
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va 
boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida 
uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta 
toifaga: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin