Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

To’rtinchi davr
− maktab yoshi boladagi asosiy o’zgarishlar: ko’zlagan 
maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. 
Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh 
davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular ijobiy xislatlari yetarli 
bo’lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni 
hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o’zlashtirishdagi qoloqlik 
va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana 
boshlaydi. 
Beshinchi davr 
− o’spirinlik betakror xislati, o’ziga xosligi, boshqa 
odamlardan keskin farqlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’spirinlik shaxs 
sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari salbiy 
sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolini 
kechiktirish”ning o’zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan 
rollarning ko’lami kengayadi, lekin ularning
 
barchasini jiddiy egallash 
imkoniyatiga ega bo’lmaydi, shuningdek, rollarda o’zini sinab ko’rish bilan 
cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’zini o’zi anglashning psixologik 
mexanizmlarini batafsil tahlil
 
qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual 
qizikish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlarni va ularning turli 
ko’rinishlari namoyon bo’lishini bayon qiladi. 
Oltinchi davr
− yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv 
qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy 
mayl alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va 
odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi. 
Yettinchi davr
− yetuklik davrida hayotiy faoliyatning
 
barcha sohalarida 
(mehnatda, ijodiyotda, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va 


78 
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi uzluksiz hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning 
amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim 
jihatlarda turg’unlik tuyg’usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin