79
yoshgacha; 4)
sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri − 1
yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri − 3 yoshdan 5
yoshgacha; 6) farqlash davri − 6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va
o’spirinlik davri − 12 yoshdan 18 yoshgacha.
Tug’ilishdan avvalgi rivojlanish bosqichlari.
aurug’langandan bir necha soat o’tgach sodir bo’ladigan hujayralar
bo’linishi
b-terminal davr
v-21 kunli embrionda orqa miya shakllanishi
g-to’rt haftalik embrionda bosh, tana va dumning shakllanishi.
Bu davrda
yurak hamda asab tizimi o’z faoliyatini boshlab yuboradi.
d-besh haftalik embrionda qo’l va oyoqning shakllanishi.
ye-to’qqiz haftalik embrionda kindik bilan plasenta birlashishining namoyon
bo’ladi.
j-olti haftalik embrionda barcha ichki a’zolar shakllanib bo’lgan bo’lsa ham,
biroq ularning hammasi o’z faoliyatini bajara olmaydi.
z-yigirma haftalik embrionda aksariyat ichki a’zolar faoliyatini boshlaydi.
Embrion harakatlanishi, yuz ifodasini o’zgartira olishi mumkin.
Yana bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya
tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq
80
yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi
bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
1. Birinchi bosqich − bolaning tug’ilganidan 3 yoshgacha davri.
2. Ikkinchi bosqich − 3 yoshidan 6 yoshigacha.
3. Uchinchi bosqich − 6 yoshidan 9 yoshigacha.
4. To’rtinchi bosqich − 9 yoshidan 12 yoshigacha.
5. Beshinchi bosqich − 12 yoshidan 15 yoshigacha.
6. Oltinchi bosqich − 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Yosh davrlariga ajratishidan ko’rinadiki, R.Zazzo
inson rivojlanishining
bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib
yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi
bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning
tug’ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o’zgarishi,
rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida
mulohaza yuritish imkonini
bermaydi.
G.Grimm rivojlanishda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni
lozim topadi: 1) chaqaloqlik − tug’ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go’daklik − 10
kunlikdan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik − 1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik
− 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik − 8 yoshdan 12 yoshgacha; 6)
o’smirlik − 13 yoshdan 16 yoshgacha o’g’il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshgacha
qizlar; 7) o’spirinlik − 17 yoshdan to 21
yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20
yoshgacha qizlar; 8) yetuklik − birinchi bosqich: 22 yoshdan 35 yoshgacha
erkaklar, 21 yoshdan 35 yoshgacha ayollar; ikkinchi bosqich: 36 yoshdan 60
yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi)
− 61 yoshdan 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik
− 76 yoshdan 90 yoshgacha (jinsiy tafovut yo’q); 11) uzoq umr ko’ruvchilar 91
yoshdan yuqorisi.
Dj.Birrer yosh davrlarini quyidagicha tasavvur etadi: 1) go’daklik −
tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2) maktabgacha − 2 yoshdan 5 yoshgacha; 3) bolalik 5
yoshdan 12 yoshgacha; 4) o’spirinlik davri − 12 yoshdan 17 yoshgacha; 5) ilk
yetuklik − 17 yoshdan 20 yoshgacha; 6) yetuklik − 20 yoshdan 50 yoshgacha; 7)
yetuklikning oxiri − 50 yoshdan 75 yoshgacha; 8) qarilik − 76 yoshdan yuqorisi.
D.Bromleyning tasnifi boshqalarnikiga mutlaqo o’xshamaydi,
chunki unda
yosh davrlarining o’zi ham davr va bosqichlarga ajratilgan:
Dostları ilə paylaş: