77
ishonchsizlik hissi tug’ilsa, voyaga
yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik
vujudga kelishi shubhasizdir.
Ikkinchi davr
− ilk bolalikda yarim mustaqillik
va shaxsiy qadr-qimmat
tuyg’usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil
bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi unga o’z tanasini
boshqarish uchun keng
imkoniyat yaratib, bo’lg’usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, mas’uliyat,
javobgarlik, hurmat tuyg’ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr
− o’yin yoshi deb ataladi va unga 5−7 yoshli bolalar kiradi.
Bu davrda tashabbus tuyg’usi, qandaydir ishlarni
amalga oshirish, bajarish mayli
tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro’yobga chiqarish yo’li to’sib
qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni
guruh o’yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish
muhim ahamiyat kasb
etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xayoloti o’sishiga imkon yaratadi.
Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: