92
Ikkinchi
tomondan, shahar muhitidagi qizlar va o’g’il bolalar qishloq bolalariga
qaraganda tezroq voyaga yetishi ko’rilmoqda, vaholanki, qishloq odamlari quyosh
nurida ko’proq toblanadilar. Demak, hozirgi davrda geliogen nazariyasi
ziddiyatlarga sabab bo’lmoqda. Umuman oftobda toblanishni akselerasiya
jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish noto’g’ridir.
Geteroziya nazariyasi.
O’n to’qqizinchi
asr oxiri yigirmanchi asr
boshlaridan buyon ijtimoiy hayotda, turmushda keskin o’zgarishlar sodir bo’lgani
insonlar o’rtasidagi ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning
kamayishiga olib
keldi. Turli millat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga yorqin
misoldir. Diniy e’tiqodlar, irqiy farqlar,
etnik va milliy xususiyatlar, xarakter,
an’analar, urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va hokazolar aralash nikohga hyech
qanday to’siq bo’la olmadi. Hayot tarzi har xil mamlakatlarning
xalqlariga xos
xususiyatlar ham aralash nikohni to’xtata olmadi. Aralash nikohga kirish tobora
kengaymoqda. Mazkur nazariyaga muvofiq psixik dunyodagi qayta qurishlar
nasliy belgilar keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi, natijada farzandlarning o’sishida
kuchayish, jadallashish, akselerasiya hodisasi vujudga keldi.
Biroq mazkur
muammoni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqorida ta’kidlangan
omillar yetarli emas.
Shunga qaramay, geteroziya nazariyasi biologik o’sishda jadallashish
jarayonini vujudga keltirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: