91
alomatlarini emas, balki ularning umumiy va obyektiv qonuniyatlarini anglab
yetish, tushunish imkoniyatiga ega bo’lib boradi.
Shaxsning har tomonlama, uyg’un rivojlanishiga mehnat faoliyati salmoqli
ta’sir ko’rsatadi. O’smirlarning sinf va maktab yer uchastkasidagi mehnat faoliyati
o’z mohiyati bilan zarur axborot va ma’lumotlar berib,
murakkablashib, ularning
kuchiga kuch, g’ayratiga g’ayrat qo’shib, mehnat samarasidan, mahsulidan
lazzatlanish his-tuyg’ularini shakllantira boshlaydi.
O’smirlik davrida ham o’yin faoliyati ma’lum
vaqtgacha shaxsning
kamolotida o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Jamoa bo’lib amalga oshiriladigan
o’yinlar va ularning keng ko’lamda o’tkazilishi o’tish davrida vujudga keladigan
qiyinchiliklarni yengillashtirishga xizmat qiladi. O’yin faoliyati o’smirda yuksak
axloqiy his-tuyg’ularni
vujudga keltiradi, matonatlilik, jasurlik kabi fazilatlar
shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Mazkur faoliyat o’smirning aqliy
jihatdan o’sishiga,
fikr yuritishiga, o’z his-tuyg’usini boshqarishiga, jismoniy
kamol topishiga turtki vazifasini o’taydi. O’yinning har xili bilan mashg’ul bo’lish
o’smirni fahmlashga,
eslab qolishga, biror ishni amalga oshirishdan oldin uni
rejalashtirishga va diqqatni bir nechta obyektga taqsimlashga odatlantiradi.
Tiyraklik, tezkorlik, farosatlilik kabi muhim xususiyatlar, xislatlar ham o’yin va
sport mashg’ulotlarida tarkib topadi.
O’smir kamolotga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va
sifatlar paydo bo’la boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir bo’ladi.
O’zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo’yadi, bu esa o’z navbatida ko’proq
huquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va o’z xulq-atvorini
maqbul deb hisoblab amalga oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish,
kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o’smirlik davrining eng muhim xususiyatlari
hisoblanadi.
Hozirgacha balog’atga erishish va jinsiy yetilishning jadallashishi to’g’risida
bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. Shuning uchun o’sishdagi jadallashuv,
ya’ni akselerasiya bo’yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan
har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo bo’lgan.
Quyida akselerasiya muammosiga oid qarashlar bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: