89
kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga
oshadi.
Bolaning bo’yi 11–12 yoshida 6 –7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi mumkin.
Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13–
14 yoshga to’lganda har ikkala jins o’rtasida bo’yning o’sishi qariyb
baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda
qoldirib ketadilar. Shundan keyin to umrning oxirigacha o’sishda o’g’il bolalar
ustunlik qiladilar.
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi,
natijada
bolalar oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar.
O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib
boradi. Bo’yning jadal o’sishi va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda
kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak hajmining kengayishi va
funksional
faoliyati ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta’minlanadi. Mazkur davrda tananing
umumiy hajmidan 7–8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi birmuncha oshadi,
simob ustunining 110–115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi
bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda dakiqada 85–90 marta urgan bo’lsa,
14–15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
Yurak kengayishi bilan birga qon tomirlari ham yo’g’onlashadi. Qon
aylanishi
tizimining qayta qurilishi, vegetativ, nerv sistemasidagi beqarorlik qon
aylanishini buzadi va o’smirda ba’zan qon bosimining ortishi ro’y beradi. Qon
aylanishining o’zgarishi qizlarda og’irroq kechadi, chunki ularda yurak vaznining
ortishi oldinroq boshlanib, oldinroq yakunlanadi.
O’smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi. O’pkaning tiriklik
sig’imi quyidagicha bo’ladi:
o’g’il bolalarda –11 yoshda 1900–2000 ml; 15 yoshda 2600–2700 mm.
qizlarda–11 yoshda 1800–1900 ml; 15 yoshda 2500–2600 ml. Shuning
uchun nafas olish har daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin bilan, qizlar
esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydidar. Ko’krak qafasi, nafas olish muskullari tez
o’sa boradi va jinsiy yetilishni kuchaytiradi.
11–12 yoshdagi o’smirning ichki sekresiya bezlari qayta quriladi.
Gipofizning old qismi ishlab chiqaradigan gormonlar gavdaning o’sishini
ta’minlaydi. Gipofizning o’rta qismi kuchayishi sababli
pigmentlar almashinishi
o’zgaradi, natijada soch qorayishi, yuzlarning oqarishi namoyon bo’ladi. Gipofiz
bilan bir qatorda qalqonsimon bezning funksiyasi ham ko’chayadi. Qalqonsimon
bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoni organizmda
modda almashinuvi va
energiya sarfini keskin orttiradi. Markaziy nerv sistemasida qo’zg’aluvchanlik
o’zgaradi natijada yaqqol his-tuyg’ular tug’ila boshlaydi. Qalqonsimon bez
faoliyatining kuchayishi ko’zg’aluvchanlik, asabiylashish va toliqishni keltirib
90
chiqaradi. Bosh miya qobig’ida tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli
emosional
kechinmalarni
vujudga
keltiradi,
hulq-atvorda
parokandalik,
g’ayritabiiylik paydo bo’ladi. Qalqonsimon bez funksiyasining o’zgarishi va
modda almashinuvining buzishi sababli o’smirda semirish ro’y beradi.
Mazkur yosh davrida jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Balog’atga
yetishning birlamchi va ikkilamchi alomatlari
o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda ovoz
o’zgaradi,
yo’g’onlashadi, mo’ylov va soqol paydo bo’ladi, qizlarda esa ko’krak
bezlari rivojlanadi va hokazo. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xohish,
nozik tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar jinsiy yetilish sirlarining 17 foizini ota–onadan, 9
foizini
o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’cha-ko’ydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib
bilib oladilar. Kutilmagan
holatlar va ma’lumotlar ularning xatti-harakatini
chigallashtiradi, yakkalik
olamiga berilish boshlanadi, fe’l-atvorda ayrim illatlar
paydo bo’ladi
.
Goho o’smirlar orasida axloqan tubanlashuv hollari ro’y berishi
mumkin. Ularni bunday qiliqlardan nopok guruh va to’dalardan xalos etish
maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi
anchagina manbalar
bor:
birinchidan, kino zallari va
televideniyeda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan
filmlarga ruxsat qilinishi;
ikkinchidan, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda
kattalarning nojoiz qiliqlar ko’rsatishlari; uchinchidan ta’limda biologik o’sish
to’g’risida yetarli bilimlar berilmasligi; to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng
ko’lamda ish olib bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik
bilimlar yetishmasligi; oltinchidan, o’smir bolalar va qizlarga mo’ljallangan
materiallarning kamligi va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: