93
g’oyani qo’llab-quvvatlaydilar. Shuning uchun tahlil qilinayotgan, sharhlanayotgan
ilmiy nazariya akselerasiya uchun ma’lum turtki vazifasini o’taydi.
Nurlanish nazariyasi.
Bu nazariya namoyandalarining fikricha, yer yuzida
rentgen qurilmalarining ko’payishi, atom, vodorod
va neytron bombalarining
portlashi natijasida insonda radioaktiv moddalar, radiasiya nurlanishi darajasining
sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Yer kurrasiga tarqalgan zaryadlar bilan
inson organizmining nurlanishi o’sishni
kuchaytiradi, ya’ni akselerasiya jarayoni
yuzaga keladi. Shuning uchun bu nazariyaning himoyachilari turli xususiyatga ega
bo’lgan nurlarning aniq dozasi organizmga ta’sir etishi, tarqalishi yemirilishga
sabab bo’lmasa, insonning jismoniy o’sishi jadallashishi uchun imkoniyat yaratar
emish. Ma’lumki, me’yoridan ortiq rentgen nuridan
foydalanish ham organizm
uchun zararlidir. Ana shu mulohazaga asoslanib organizm ayrim qismlarining
rivojlanishi nurlar bilan bog’liqdir, degan xulosa chiqarish mumkin. Hatto, ayrim
ilmiy manbalarda payvandlash apparatining yog’dusi ham, chaqmoq nuri ham
organizmga ijobiy ta’sir qilishi aytiladi.
Biroq tom ma’nodagi akselerasiya uchun mana shu omillarning o’zi yetarli
emas, albatta.
Dostları ilə paylaş: