96
ishtirokchilaridan o’rnak olib, goho ularga taqlid qilib, butun iroda kuchi va
xarakter xislatlarini ishga solib, har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu
yo’lda uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi.
O’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat – voyaga yetish
yoki kattalik hissining paydo bo’lishi
alohida ahamiyatga ega.
Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda,
munosabatda, ko’ngil ochish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o’z
ifodasini topadi. O’smir o’z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim
saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bularning barchasi unda kattalik
hissini rivojlantiradi. Unda g’ashga tegadigan rahbarlikdan, o’rinsiz homiylikdan,
ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g’amxo’rlikdan xoli bo’lish istagi vujudga
keladi. Mazkur jarayon o’z navbatida kattalar bilan munosabat va muloqotda
noxush kechinmalarni paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila a’zolari o’rtasidagi
munosabatlarni
o’zgartirishgina
kattalar
bilan
o’smirlar
orasidagi
“anglashilmovchilik g’ovi”ni yo’qotadi.
O’smirlar
bilan
munosabatda
ularning
mustaqilligi,
faolligi,
tashabbuskorligi, o’zini boshqarishini hisobga olib, ortiqcha homiylik, g’amxo’rlik
qilmaslik ijobiy samaralar beradi.
O’smirlik davri xususiyatlarini tadqiq qilgan D.B.Elkonin va
T.V.Dragunovning ta’kidlashicha, o’g’il va qizlarning bu yoshda o’rtoqlari bilan
munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin
namoyon bo’ladi.
O’smirlarning o’rtoqlik va do’stlik tuyg’ulari o’zaro munosabatlarini
o’rgangan I.V.Straxov, ularning o’zaro munosabatlarini uchta shaklga: ulfatchilik,
o’rtoqlik va do’stlikka bo’ladi. Har bir yuksak tuyg’uni psixologik jihatdan
ta’riflab, ularning rivojlanishini bayon qiladi, yuksak, insoniy tuyg’ularning
shakllanish sur’ati, barqarorligi o’g’il
bolalar bilan qizlarda birmuncha
farqlanishini ta’kidlaydi.
V.A.Kruteskiy va N.S.Lukinning fikricha, haqiqiy o’rtoqlik va chinakam
do’stlik – mardonavor o’rtoqlik va talabchan do’stlikdir. Bunday o’rtoqlik va
do’stlik amaliy yordamni va o’rtog’ining xatolarini to’g’ri, samimiy va ochiq
tanqid qilishni taqozo etadi.
O’smirning sinf jamoasi hayotida faol qatnashish uchun intilishi g’oyat katta
ahamiyatga ega. Sinf jamoasi a’zolarining o’zaro yordam, birdamlik, hamdardlik,
bo’ysunish odati, shaxsiy hamda ijtimoiy qiziqishlarini rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: