100
qiyin o’smirlarga tegishli asardan parcha o’qib beriladi, so’ng ularda qanday
qo’zg’alish yoki ta’sirlanish paydo bo’layotganligi kuzatiladi. Tajriba qoidasiga
binoan, o’qilgan parchada o’smirlarning sarguzashti, ajoyibot va g’aroyibotlar o’z
aksini topishi shart.
Agar usul o’zining ijobiy natijasini ko’rsata olmasa boshqa vositalarni
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Navbatdagi bosqichda ulardan o’qilgan asar per-
sonaji yoki bosh qahramonining o’rnida bo’lganida qanday ish tutishi so’raladi.
Shu yo’l bilan har bir o’smirni, qanday hodisalar qiziqtirishi va unda qanday salbiy
xatti-harakat yoki illat mavjudligi aniqlanadi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqotda har bir o’smirdan asarning bosh
obrazi yoki personajiga munosabatini so’rashi lozim. Chunki shaxsiy mulohazalar
zaminida o’smirning ruhiy dunyosidagi turli kechinmalar aks etadi. Shu tufayli
ularning nojo’ya xatti-harakatlari nimalar bilan bog’liq ekanligi o’qituvchiga ayon
bo’ladi.
Tajriba o’tkazishda matnni o’qilganda psixologik pauzaga, ravon ohangga,
o’qish sur’ati va ritmiga alohida e’tibor berish lozim. Ana shu qoidalarga rioya
qilinsagina matnning ta’siri ortadi, o’smirdagi muayyan kechinmalarning tashqi
ifodasi tez ko’riladi. O’smirlar xususiyatiga mos matnlarni tanlash, ularning
hajmiga va mazmuniga e’tibor berish alohida ahamiyat kasb etadi. Tanlangan
matnlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning o’ziga xos va yosh xususiyatlariga, ichki
imkoniyatlariga mutlaqo mos bo’lishi shart.
Qonunbuzarlikning sababini aniqlash usullaridan yana biri − syujetli
fotosuratlar yoki rasmlar bilan tajriba o’tkazishdir. Buning ma’nosi va maqsadi
o’smirlarning salbiy xatti-harakatlarini keltirib chiqaradigan qanday motivlar
mavjudligini, shuningdek, ular qaysi ta’sirlarga osonroq berilishini aniqlashdir.
Tarbiyasi qiyin o’smirlardagi xususiyatlarni o’rganishning yana bir yo’li
alohida-alohida suhbat o’tkazish orqali ularning ruhiy kechinmalari bilan
tanishishdir.
Suhbat kezida yaxshi va yomon xulq-atvor, xatti-harakatlar yuzasidan keng
ma’lumotlar to’planadi. Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan har xil xatti-
harakatlarni baholash, ularni sharhlab berish lozim. Xatti-harakatni baholashda
o’smirga qo’yilgan
Dostları ilə paylaş: