81
(yetuklik) − 1 ilk yetuklik − 21 yoshdan 25 yoshgacha; 2) o’rta yetuklik − 25
yoshdan 40 yoshgacha; 3) yetuklikning so’nggi bosqichi − 40 yoshdan 55
yoshgacha;
beshinchi davr
(qarilik) − 1) iste’fo bosqichi − 55 yoshdan 65
yoshgacha; 2) qarilik bosqichi − 65 yoshdan 75 yoshgacha; 3) eng keksalik − 76
yoshdan yuqorisi.
Biz uzoq xorij mamlakatlar psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning
yo’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki,
bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan.
Rus psixologiyasidagi rivojlanishni davrlarga tabaqalash muammosi dastlab
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida
o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi
kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish
jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o’zaro keskin farqlanadi. Hozir
rivojlanishni davrlarga tabaqalash yuzasidan mulohaza
yuritishda olimlarning
ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish
maqsadga muvofiqdir.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini
tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni
vujudga keltiruvchi ruhiy
yangilanishlarga tayanib quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1. Chaqaloqlik davri inqirozi.
2. Go’daklik davri − 2
oylikdan 1 yoshgacha.
Bir yoshdagi inkiroz.
3. Ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr −
3 yoshdan 7 yoshgacha.
7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri − 8 yoshdan 12 yoshgacha.
13 yoshdagi inqiroz.
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri − 14 yoshdan 18 yoshgacha.
17 yoshdagi inqiroz.
Olim o’z asarlarida har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy
ta’riflay olgan. Eng muhim shaxs ruhiyatidagi yangilanishlar haqida ilmiy va
amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha
munozarali, bahsli o’rinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh
davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega,
uning rivojlanishni
amalga oshiruvchi inqirozlar roli to’g’risidagi mulohazalari va olg’a surgan
g’oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir.
L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh
davrlariga bo’lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo’lishni
82
motivasion
yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko’ra
yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat:
birinchi bosqich − chaqaloqlik; tug’ilgandan 1 yoshgacha; ikkinchi bosqich
− motivasion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich − “Men”ni
anglash davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha; to’rtinchi bosqich − ijtimoiy jonzotlikni
anglash davri; 7 yoshdan 11 yoshgacha; beshinchi bosqich − a) o’zini o’zi anglash
davri: 12 yoshdan 14 yoshgacha; b) o’z o’rnini belgilash (topish) davri: 15 yoshdan
17 yoshgacha.
L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik
tavsiflashda unda namoyon
bo’ladigan o’zgarishlarni, bu o’zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari,
turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev)
nazariyasiga, har
qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga
asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli
nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:
1) go’daklik davri − tug’ilgandan 1 yoshgacha: asosiy faoliyat − bevosita
emosional muloqot;
2) ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha: asosiy faoliyat −
jism bilan
nozik harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr − 3 yoshdan 7 yoshgacha: asosiy faoliyat − rolli
o’yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri − 7
Dostları ilə paylaş: