74
2-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi
REJA
1.Kamol topishning nazariyasi ilk nazariyasi K.Byuler bo‘yicha
rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi.
2.X.Vernerning ortogenetik konsepsiyasi. A.Buzmanning rivojlanish
nazariyasi.
3.Rivojlanishni
tushuntirishning
biogenetik
yo‘nalishi
(S.Xoll
konsepsiyasi). Rivojlanish borasidagi tadqiqotlarning normativ yo‘nalishi
(A.Gezell, L.Termen nazariyasi).
4.V.Shternning rivojlanishni ikki omilli konvergensiya nazariyasi.
Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi. B.Skinner nazariyasi.
5.S.Biju va D.Baerning rivojlanish nazariyasi. R.Sirs nazariyasi.
Psixologiya fanida rivojlanishni davrlarga tabaqalash bo’yicha qator
mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi.
Ularga
biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik,
bixevioristik
nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan
yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko’rib chiqamiz.
Biogenetik
nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul
qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo’lib, ana shu omil bilan
o’zaro bog’liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi
biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi
va ulardan ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal
bosqichi sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun
tana
a’zolarining
rivojlanishi
nazariyasini
tashviq
qilishda
hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq
unda tana a’zolarining individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini
tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan,
biogenetik konunga
ko’ra, shaxs psixologiyasiniig individual rivojlanishi
(rivojlanish) butun
insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha
takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) hali
odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, u
psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida oddiy
odam
holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga
yetadi, maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik
75
maktab yoshida uning ongi o’rta asr kishilari darajasiga, nihoyat,
yetuklik davri
(16—18 yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
S.Xoll “rekapitulyasiya qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni)
psixologik o’sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, rivojlanish
filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go’daklik
hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy
mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi
kishilarning davriga aynan
mos keladi. 8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va
sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. O’spirinlik esa jinsiy
yetilishdan (12—13 yoshdan) boshlanib yetuklik davrigacha (22—25 yoshgacha)
davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo’ron va
tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo’lib, odamda
“individuallik tuyg’usi” vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z
navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi
rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi
va takrorlashi ham
mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitusion
psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va
boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida
uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta
toifaga:
Dostları ilə paylaş: