76
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi
sosiogenetik
nazariyadir.
Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi,
ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabat
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra, inson biologik
tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida
shaxsga aylanadi.
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri − rollar nazariyasidir. Bu
nazariyaga ko’ra jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb
nomlangan xatti-harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy
muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan
munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi
keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqyelikka
munosabati, ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zg’atuvchining
barqarorligiga bog’liqdir.
K.Levin tavsiya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o’z davrida
muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko’ra, shaxsning xulqi (xatti-
harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat)
bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko’lamida
tayanch nuqtasiga yo’nalgan bo’ladilar.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar
uchun yopiq yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlamasligidan qat’i nazar, mazkur
sharoitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, obyektiv
shart-sharoitlari mutlaqo
Dostları ilə paylaş: