73
4) gigiyenaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr
bo’yi jismoniy mehnat bilan shug’ullanish;
5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish;
6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxshilanishi va
hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim
psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining
uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy
mehnat bilan doimo shug’ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi.
Shu bilan birga iqtidorli va aqlni peshlash mashqlari bilan shug’ullangan
kishilarda
ham
intellektning
yuksak
darajasi
saqlanib,
boshqa bilish
funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.
Uzoq umr ko’rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi
kasb-korlik faoliyatiga bog’liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu
holatga insonning ko’rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati
kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari”
(1960) kitobidan joy olgan “Ko’zning keksalarga xos o’zgarishi” asarida ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda
presbioniya (grekcha, qarilikda ko’rishning zaiflashuvi) hodisasi ro’y berib,
yaqinni ko’rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko’rish
akkomodasiyasining kuchi pasayishi, agarda 10 yoshda akkomodasiya kuchi 16
dioptriyaga (grekcha optik o’lchov) teng bo’lsa, 40−45 yoshda−4, keyinchalik esa
1 bir dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50−60 yoshlarda akkomodasiya o’zining
eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqarorlashib
boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodasiyaning
kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko’riladigan
bo’ladi.
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug’ullanmaydigan, ko’zi uzoqni
ko’rishga o’rgangan odamda akkomodasiya yuksak darajada saqlanishi, ko’z
xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro’y bermasligi mumkin.
M.Ya.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchilar,
temiryo’lchilar, ovchilarning ko’rish sezgirligi yoshligida 1 yoki 1,5 birlikka teng
bo’lsa, uzoq yillardan keyin ham o’zgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananyevlar ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr
ko’rish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko’p
omillari bor. Yuqorida uzoq umr ko’rishning ekologik omillari ifodalandi, lekin
uning psixologik, ijtimoiy-psixologik omillari, manbalari va mexanizmlari ham
mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: