64
mustahkamlash
sohasidir.
Gerogigiyena
keksa
odamlarda
asab,
ruhiy
kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil yoshdagi
odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon
bo’lishidir.
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga
I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik,
biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi.
D.Bromley insonni qarish sikli uchta bosqichdan iborat bo’lishini ta’kidlaydi: 1)
“ishdan, xizmatdan uzoqlashish” (iste’fo) − 6670 yosh: 2) keksalik (70 va undan
katta yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o’lim) − maksimum 110
yosh. Shu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni;
2) o’ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.
I.V.Davidovskiy “Keksayish nima?” nomli asarida ta’kidlaganidek, inson
50−60 yoshga to’lganda yoki undan oshgan chog’ida yetuklikning kechikkan
davriga kirib keladi. Shu yoshdagi odamlarning o’limini XVIII asrdagi
tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75
yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda
nafaqani belgilash haqiqiy
biologik qarish yoshidan 15−20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan
shug’ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning
fikricha, uzoq umr ko’ruvchilar asosan ozg’in, faol, harakatchan odamlar bo’lib,
havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka
quritar kasalliklardan holi bo’ladilar.
Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr o’tishi bilan ko’ruv apparati
markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967
yilda
amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o’tkazdi va inson keksayishi bilan
reseptor apparatining optik funksiyasi zaiflashadi, ko’ruv sezgisi va idrokini
xiralashtiradi, dedi. Ko’zning rangni sezishi yoki ulg’ayishi bilan o’zgarib boradi,
hatto, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib
berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gelmgolsga qiyos beriladi. Ko’rishning
pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to’kis qismida (ko’k
va qizil rangda) aniqroq aks etadi.
Psixogerontologik
nuqtai
nazardan
sezish
vaqtini
tadqiq
qilgan
Ye.N.Sokolov, Ye.I.Boyko, A.R.Luriyalar sezish vaqti yosh davrining informasion
stimul funksiyasidan boshqa narsa emas deya xulosa chiqaradilar.
Ular sezish vaqtining egri chiziqli ko’rsatkichlarini sxema tarzida ishlab
chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga
o’xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan.
65
Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini
o’rganishda ko’proq test (sinov) dan foydalaniladi.
Testlar o’z maqsadi, mohiyati hamda tizmiga binoan bir nechta ko’rinishga
ega:
1) maqsadga yo’naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar −
imtihon − sinov varaqasi;
2) insonning aql-zakovatini o’lchashga moslashtirilgan aql testlari;
3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo’ljallangan testlar;
4) inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga
qaratilgan testlar.
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o’rganish
testlar yordamida
amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo’riqish,
asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan
tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang-
barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug’ullanish his-tuyg’usini uyg’otadi.
Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yo’l
qo’yiladi, lekin ularni aynan o’sha sinaluvchilarda muayyan vaqt o’tgandan keyin
takror o’tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin.
Keksalar psixologiyasini
tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng
foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: