Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Oy kunlari
 
 
 
 
Ishchilar soni 
1
625 
2
635 
3
640 
4
648 
5
648 
6 shanba 
648 
7 yakshanba 
648 
va hokazo 
……. 
31
21447 
Oyning barcha kunlarida ishlovchilarni ro’yxatdagi soni yig’indisi 21447ga, 
oydagi kunlar soni 31 ga teng, bundan o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni: 632ni 
(21447:31) tashkil etadi.
Oyda to’liq ishlamaydigan korxonalar (ishlab chiqarish mavsumiy bo’lgan, 
yangidan tashkil etilgan va hisobot oyida ish boshlagan korxonalar) uchun o’rtacha 
ro’yxatdagi ishlovchilar soni – korxona dam olish va bayram kunlar, boshqa ish 
kunlarida ishlagan ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisini oydagi kalendar 
kunlarga bo’lib aniqlanadi.
Kvartallik o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlash uchun kvartalning 3 
oydagi o’rtacha ro’yxatdagi barcha ishchilar sonini 3 ga bo’lamiz.
Misol, korxonaning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni : yanvar oyida 620 
kishi, fevralda 640 kishi va mart oyida 690 kishi 3 oyning o’rtacha ro’yxatdagi 
ishchilar soni yig’indisi (620+640+690) tashkil etadi, 1 – kvartalning o’rtacha 
ro’yxatdagi ishchilari soni esa 650 (1950:3) kishiga teng. 
Agar korxona kvartalda to’liq ishlamagan bo’lsa, o’rtacha ro’yxatdagi 
ishchilar sonini 3 ga bo’lish orqali topiladi. 


218 
Misol: korxona yangitdan tashkil etildi va 15-fevralda ishlarni boshladi. 
Ushbu korxonanig fevral oyidagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni – 280 kishi, 
mart oyida esa – 640 kishi. Demak, korxonaning 1 kvartaldagi o’rtacha ro’yxatdagi 
ishchilar soni 307 kishi ((280+640):3) tashkil etadi. 
Agar korxona kalendar yilda to’liq ishlamagan bo’lsa, (mavsumiylik, yilning 
o’rtalarida korxona ishga tushgan bo’lsa) undan yilning boshidan boshlab 
ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni – korxona ishlagan barcha kalendar oydagi 
o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi korxona ishga tushgan oydan emas, 
balki yilning boshidan boshlab kalendar oylar soniga bo’lish orqali topiladi. 
Agar joriy yili korxona tarkibida qandaydir o’zgarishlar vujudga kelgan 
bo’lsa (masalan, kattalashsa, boshqa korxonalar bilan birlashsa), unda yilning 
boshidan boshlab o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini hisoblashda oldingi oy 
ma’lumotlari korxonaning yangi tarkibida qaytadan hisoblanishi kerak. 
Ro’yxatdagi ishchilar sonidan ishga kelgan ishchilar haqiqatda kelganlarni 
ko’rsatadi. Haqiqiy ishchilar soni – ishga kelgan ishchilar soni bilan bir qatorda
haqiqatda ishga qabul qilingan ishchilar sonini ham ko’rsatadi. Ishga kelgan va 
haqiqiy ishchilar soni o’rtasidagi farq kunlik bekor turib qolishlarda (avariya, 
elektr-energiya, xom-ashyo uzatishda to’xtab qolishlar tufayli) bo’lgan shaxslarni 
ko’rsatadi. 
Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni 
taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi. 
Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini 
ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat 
unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient 
har bir sex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi. 
Smenalik koeffitsientini hisoblash uchun, barcha smenalarda ishlangan kishi 
kunlar sonini (yoki barcha smenalarda band bo’lgan ishchilar sonini) ishlangan 
kishi kunlar soniga (yoki eng katta smenadagi ishchilar soni) bo’lish kerak bo’ladi. 


219 
Misol. 
Korxonaning har bir smenasida ishlangan kishi-kunlar quyidagicha 
taqsimlangan: 1-smena uchun – 10000, 2-smena uchun – 9000, 3-smena uchun – 
8000. Korxonada 500 ish o’rinlari bo’lib, 25 kun ishladi. Keltirilgan 
ma’lumotlarga 
ko’ra 
smenalik 
koeffitsienti 
2,7 
((10000+9000+8000):10000=27000:10000) tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, 
korxona haqiqatda o’rtacha 2,7 smenada ishlagan demak, hamma smenalar ham (3 
smenalik rejimda) yetarlicha band bo’lmagan va ish joylarining ma’lum qismi 
bekor turib qolgan. 
Agar korxonaning turli sexlarida eng ko’p ishlagan smenalar bitta emas
balki bir necha bo’lsa, unda smenalik koeffitsentini aniqlash quyidagi misol 
yordamida havola qilinadi. 
Misol. 
Korxonaning 2 ta sexida ishlagan vaqt quyidagicha taqsimlanadi: 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin