Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

1.2. Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni 
Insonni biznesmen bo’lishiga majbur qilib bo’lmaydi, faqatgina uning o’z 
g’oya va kashfiyotlarini ishga solish uchun sharoit yaratish mumkin xolos. Lekin 
biznes bilan shug’ullanishdan avval quyidagi uchta muhim printsiplar (qoidalar) ga 
rioya qilish zarur: 
1.
Biznes qonunlari va qoidalarini yaxshi bilish
2.
Zaruriy boshlang’ich kapitalga ega bo’lish; 
3.
Majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarish. 
Shuni yodda tutish kerakki, biznes har doim muvaffaqiyat va foydali emas, balki 
ma’lum tavakkalchilik (risk) hamdir. Biznes bu – qattiq raqobat, kurash va o’z 
o’rniga ega bo’lish ishtiyoqi, katta sportda bo’lganidek, doimiy trening hamda 
ijodda bo’lganidek, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyish qilishdir. Xorijiy 
mamlakat olimlari darsliklarida biznesga tizimli ta’rif beradilar. AKSH ning Texas 
va Illinoya universitetlari professorlari S. Rozenblat, R. Bonnington va B. Nidlslar 
tomonidan tayyorlangan “Biznes kontseptsiyasi” darsligida: “Biznes nima?” degan 
savolga ular: 
Biznes - bu ish yuritish tizimidir. 
Biznes - bu insonlarga kerak bulgan mahsulotlarni yaratishdir. 
Biznes - bu ishdir. 
Biznes - bu bizni kanday yashashimizdir. 
Biznes - bu bizning ijtimoiy-iktisodiy tizimning markaziy ko’chasidir. 


18 
Biznes - bu o’zimizning xohish istaklarimizni kondirish uchun yaratgan 
tizimimizdir. 
Biznes - bu jamiyatni xohish va extiyojlarini kondirish uchun yaratilgan ishlab 
chiqarish tizimidir - deb javob berganlar. Biznes - bu nima? Biznes - bu puldan pul 
qilish, lekin albatta insonlarga kerakli bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko’rsatish natijasida puldan pul qilishdir. Biznesning formulasi oddiy, ya’ni 
P-P. Lekin bu oddiy formula mazmunida murakkab hayot jarayoni yotadi. Biznes - 
bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, 
hayotni o’zi, so’ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes - bu xorijiy so’zdir. U butun 
dunyo buyicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. Bu 
so’zni ortida ish bilan shugullanish yotadi. 
Ba’zi iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikka sinonim tushunchalar sifatida 
qaraydilar. Boshqalari esa ularni farqlaydilar.
1.1-jadval 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin