Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Biznes reja – kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
1.3. Biznes reja – kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida 
 
Kichik tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishda va rivojlantirishda biznes 
rejaning ahamiyati beqiyosdir.
Biznesreja – tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tadbirkor to’qnashishi 
mumkin bo’lgan muammolarni tahlil qiluvchi, ularni bartaraf etish usullari 
belgilanadigan xujjatdir. 
Bozor qanchalik ko’payib, kengayib borgan sayin rejaning ahamiyati oshib 
boradi. 
Biznes reja 3 funktsiyani bajaradi. 
Birinchidan, biznesni tashkil etish va olib borish kontseptsiyasini ishlab 
chiqishda qo’llaniladi. O’z korxonangiz faoliyatini har tomonlama, ya’ni 
marketing, moliyalashtirish va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan o’rganib chiqish 
asosida harakat yo’nalishini belgilash va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni 
qog’ozdaligidayoq bartaraf etish yo’llarini aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan, biznes reja tadbirkor uchun bir qurol bo’lib, uning yordamida 
korxonaning ma’lum bir davrdagi faoliyatining haqiqiy natijalariga baho berish 
mumkin. 


23 
Masalan, biznes rejaning moliyaviy bo’limi, ishlab chiqarish faoliyati 
byudjetini tuzish uchun hamda unga qay darajada amal qilinayotganligini nazorat 
qilish uchun asos bo’ladi. 
Uchinchidan, biznes reja korxonaga chetdan pul mablag’larni jalb qilishga 
ham xizmat qiladi. 
Korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Ularda asosiy diqqat-e’tibor 12 oy 
muddatga qaratiladi, kelgusi 1-4 yil davomidagi faoliyat yo’nalishlari umumiy 
tarzda beriladi. 
Biznes reja korxonalar uchun reklama vositasini ham o’ynaydi. Shu sababdan, 
reja qat’iy belgilangan tartibda yozilishi talab qilinadi. 
Axborotlar aniq va ishchan bo’lishi lozim, grammatika va orfografiyaga ham 
e’tibor berish talab etiladi, chunki xatolar o’quvchida tadbirkorga nisbatan salbiy 
munosabat paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Biznes rejani ishlab chiqish qaytarilib turadigan va uzluksiz ravishda olib 
boriladigan jarayondir. Moliyalashtirish uchun bir necha oylar talab etiladi, agar 
shartnoma uch oy oldin tuzilgan bo’lsa, tadbirkorlik olamida bu juda tez fursat 
bo’lib hisoblanadi, olti va undan ortiq muddat nisbatan real hisoblanadi. 
Biznes reja yangi tashkil etilayotgan korxonalar bilan bir qatorda faoliyat 
ko’rsatib kelayotgan korxonalarda ham tuziladi. 
Har qanday korxona uchun biznes reja strategik rejalashtirishning birinchi 
tajribasi bo’lib hisoblanadi. 
Shu bilan bir vaqtda biznes reja ijro uchun qo’llanma hisoblanadi, g’oyalarni 
nazorat qilish (tekshirish) korxonani boshqarish va faoliyat natijalarini 
prognozlashtirish quroli bo’lib xizmat qiladi. 
Biznes rejani ishlab chiqishda avvaldan faoliyat ko’rsatib kelayotgan 
korxonalar bir muncha afzallikka ega bo’ladilar, chunki ular o’z faoliyatlari 
natijalaridan kelib chiqib ko’rsatkichlarni rejalashtiradilar, rejada qo’yilayotgan, 
yoritilayotgan fikrlari o’tmish strategiyasidan kelib chiqadi. 
Agar korxona sinmay faoliyat ko’rsatishni istasa, biznes rejasini tuzish 
davomida yuzaga keladigan barcha savollarga o’z vaqtida va to’liq javob topa 


24 
bilishi kerak yoki ularning hozir javobi yo’q, lekin kelgusida hal qilinishi mumkin 
bo’lgan masalalar qatoriga kirishilishi lozim. 
Biznes rejani o’zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish maqsadida 
uzluksiz sur’atda aniqlashtirib borish, undan 2-asosiy maqsad – korxona amaliy 
faoliyati natijalarini o’lchovi sifatida foydalanish imkonini beradi. 
O’tgan yildagi biznes reja qaysi strategiya samarali, qaysi biri aksincha zararli 
bo’lganini, ularni amalga oshirish usullaridan unumlirog’ini tanlash imkonini 
beradi. 
Rejaning soddaligi uni samarali qo’llashda namoyon bo’ladi. Lekin qog’ozda 
sodda ko’ringan fikr amalda ancha murakkab bo’lishi mumkin. 
Haqiqiy faoliyat natijalarini biznes reja bilan solishtirish ishini tashkil 
etishdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi. 
O’tgan yilgi biznes rejaning moliyaviy bo’limidan biznesni rivojlanish 
yo’nalishini ob’ektiv ravishda kuzatish vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin