Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Biznes va tadbirkorlik orasidagi farqlar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Biznes va tadbirkorlik orasidagi farqlar
Biznes 
Tadbirkorlik 
Ана’naviy va qaytariluvchi faoliyatning 
davom ettirilishi 
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
novatorlik va izlanuvchan hamda 
qobiliyatga ega bo’lish
Barqaror daromad olishga intilish 
Daromadni ko’paytirishning yangi 
manbalarini aniqlashga intilish 
1.
Risk darajasining pastligi 
1.
Tavakkalchilik riskining yuqoriligi 
2.
Foydali (daromadli) ishga ega bo’lgan 
inson 
3.
G’oya va intilishga ega bo’lgan inson 
4.
Kapitalga ega shaxs 
5.
Boshlang’ich kapitalga ega 
bo’lmasligi mumkin 
6.
Biznesga rahbarlik qilish 
7.
Mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok 
etish 
8.
Kapitaldan daromad olish 
9.
Tadbirkorlik foydasini olish


19 
Amaliyotda ko’p uchraydi
Amaliyotda nisbatan kamrov 
uchraydi
Biznes va tadbirkorlik sohasini ko’pincha “kichik iqtisodiyot” deb ham 
yuritiladi. 
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bandlik 
muammosini hal etish, bozorning mo’l-ko’lligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga olib, mamlakatimizda 
kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bunda kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlariga 
tayanilmoqda: 
­
bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish 
qobiliyati;
­
nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va 
xizmatlarga bo’lgan talabini qondira olish.
­
dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi; 
­
tez orada yangi ish o’rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal 
etishga ko’maklashish imkoniyati; 
­
biznes egasi (tadbirkorlik) ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi 
bevosita ishtiroki va boshqalar.
Bundan tashqarikichik tadbirkorlikning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli 
xususiyatlari quyidagicha yoritiladi.
Kichik tadbirkorlik aholining talay qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha 
va daromad manbai, yetarli malaka va tajribasi bo’lmagan, egiluvchan jadvalli ish 
kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg’ul etuvchi mehnat bozorining 
eng moslashuvchan qismi ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va 
mehnattajribasiyuqori darajada bo’lmagan shaxslar ko’pincha faqat shu yerdan ish 
topishlari mumkin. Bu jabhada mashg’ul kishilarning aksariyat qismi uchungina 
emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo’lishi 


20 
kichik biznes milliy farovonlikning o’sishi uchun muhim omilga aylanganidan 
dalolat beradi. 
Kichik tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko’nikmalarini 
rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda 
potentsial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o’z ishchi kuchi, balki o’z 
mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mulk egasi bo’lishiga imkon 
yaratib, o’rta sinf jamiyatining progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, 
demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning 
shakllanishi uchun asos yaratadi. 
Kichik tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada 
oshiradi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy 
vaziyatning tebranishlariga muvofiqtarzda o’z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan 
asoratsiz o’zgartira oladi. 
Kichik tadbirkorlik iqtisodiyotining hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.
Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug’ullanish band bo’lish va 
daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxshiroq birlashtirishga, o’z qobiliyati 
va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi 
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan 
xarakterlanadi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda 
faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish 
bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 
yildan buyon 31 foizdan 60 foizga yetkazilgan holda
sanoat mahsulotlari 
hajmining 
uchdan 
birini, 
qishloq 
xo’jaligi mahsulotining 98 foizini, 
investitsiyalarning yarmini ta’minlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-
90 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi. O’tgan yilda 93 mingtadan ko’p 
tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. 


21 
2020 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 600 mingdan ortiq 
yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir. 
Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 
76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng 
edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirilayotgan ana shunday chora-
tadbirlarimiz o’zining yuksak samarasini bermoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida 
bir qator ishlar amalga oshirildi: 
­
ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda; 
­
kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan 
xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda; 
­
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini 
muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; 
­
tadbirlarni davlat ro’yhatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan 
tartibijoriy etildi; 
­
statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; 
­
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi; 
­
ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va 
boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va 
boshqalar. 
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari quyidagilar asosida 
shakllantirilmog’i zarur: 
­
kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning mintaqa, tarmoq dasturlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar
shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarni rag’batlantirish; 
­
kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish 
imkoniyatlarini 
kengaytirish
davlat 
tomonidan 
kreditni 
kafolatlash 
jamg’armalarini yaratish; 
­
kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada 
kengaytirish va rivojlantirish; 


22 
­
kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish; 
­
kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy 
huquqiy negizini takomillashtirish; 
­
kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini 
soddalashtirish; 
­
kichik tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini rivojlantirish. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin