407
Bezagi va adabiy uslubi.
Biznes-rejaning yutig’i mazmunigagina emas, balki
uning bezagi va adabiy
uslubiga ham bog’liq. Didsiz bezalgan, savodsizlarcha tuzilgan, juda maqtab
yuborilgan, yoki aksincha, juda qisqa biznes-reja kutilgan
natijani bermasligi
mumkin.
Biznes-rejalashtirish bo’yicha mutaxasislar biznes-rejani tuzish va bezash bo’yicha
quyidagi qoidalarga amal qilishni maslahat beradilar:
Takliflar qisqa, lo’nda, ravon bo’lishi kerak. So’zlarni behuda sarflab
“chiroyli” yozishga xojat yo’q, matnga haddan tashqari ko’p his-tuyg’ularni
qo’shish kerak emas. Ko’p ma’noli, yoyik fikrlardan foydalanmaslikka maslahat
beriladi. O’quvchi akademik ilmiy insho tarzda yozilgan biznes rejani uncha
yaxshi kabul qilmaydi.
Texnik jargondan foydalanishga ruju qo’ymaslik kerak. O’quvchi, muallif
yozayotgan predmetini yaxshi o’zlashtirmagan degan xulosaga kelishi mumkin.
Anik va tushunarli iboralar muallifning ishini chuqur anglashini bildiradi.
Biznes-reja faqat ishga taalluqli ma’lumotni o’z ichiga olishi kerak. Mazkur
biznes bilan bog’liq bo’lmagan
sohalar yoki sof nazariyaga, ekskurslarga kirishib
ketmaslik lozim. Masalan, o’z mahsulotining davriy sotilishi xarakterini ko’rib
chiqayotib ishchi davriy nazariyani to’laligicha bayon etishi shart emas.
Biznes-rejada keltirilgan g’oyalar haddan tashqari ambitsiozli bo’lmasligi
kerak. Bo’lajak yutuqlar chegarasini, reklama maqsadida bo’lsa ham, real biznes
imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, oshirib bo’lmaydi.
Potentsial investor
banklar, davlat, venchur kompaniyalar ko’pincha ishning xaqiqiy ahvoli bilan
yaxshi tanish bo’ladilar. Ayniksa firmaning bozorda rejalashtirilgan ulishi, o’sish
kelajagi va bozor haqidagi ma’lumotlar aniq va yaxshi asoslangan bo’lishi kerak.
Reja holatini aniqlashda fotosuratlar, diagramma, jadvallar juda yaxshi
yordam beradi. Bu manbalardan to’g’ri foydalanish biznes-reja haqidagi taasurotni
kuchaytiradi.
Rejaning aniq tarkibiga ham e’tibor qaratish lozim.
Material qisqa, yaxshi
ajratilgan paragraflarga bo’lingan bo’lishi kerak. Biznes rejaning har xil qismlarini
408
ifodalash uchun turli ranglar, shrift namunalarini qo’llash mumkin. Yaxshi tuzilgan
va bezatilgan material oson o’qiladi va diqqat markaziga tez tushadi. Sizning
biznes-rejangiz umumiy fonda ajralib turishi lozim.
Biznes-rejaning muhim fikrlar va asosiy xulosalarni alohida ajratish kerak.
Biznes-rejaning asosiy bo’limlarini turli xajmli ma’lumotlar bilan og’irlatishi kerak
emas. Agar qo’shimcha ma’lumot darhaqiqat zarur bo’lsa, ishning mohiyatini
ochib bersa, uni biznes-rejadan chiqarib tashlash shart emas. Bunday ma’lumotni
yaxshisi “Ilova” qismiga kiritish kerak, toki qo’shimcha ma’lumot olishni istovchi
o’quvchilar topib o’qisinlar.
Biznes-reja ustida ishlash uchun vaqtni to’g’ri tanlay bilishi lozim, bu
mashg’ulot katta e’tiborni talab etadi.
Biznes-rejani barcha
ishlar bir tekis ketayotganda, jiddiy muammolar
yo’qligida yozish kerak.
Biznes rejani tuzishda korxona faoliyatini rejalashtirishning turli usullari
mavjudligini unutmaslik kerak. Biznes rejaning asosiy bo’limlarini belgilashda
korxona yoki firma faoliyatida har xil o’zgarishlar yuz berishi va ularga firma
moslashishi lozimligi hisobga olinishi kerak.
Agar umumiy hajmi 50
betdan oshmasa, biznes-rejani maqbul deb atash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: