Ishlab chiqari rejasi. Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi shundan iborat: bayon imkon qadar
sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak,
chunki bu bo’limni asosan maxsus muxandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi.
SHu bilan birgalikda kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb
bo’lmaydi - biznes-rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan
bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab
chiqarishning iqtisodiy harajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan
tashqari quyidagi savollarga javob berilishi kerak:
Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday?
Ishlab chiqarish protsessining umumiy tarkibi, tovar ishlab chiqarish
bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka
erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayon tizimini ishlab chiqarish oqimi
sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq?
Qanday xom ashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari
kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim.
Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular, u yoki bu operatsiyalarga
sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada
ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish, malakasini oshirish rejasi
bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi?
Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi?
Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday?
Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan
vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi?
Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi?
Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish qaerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan
403
o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday?
Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan ish kuchi
qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos
keladimi?