Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
4.3. Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari 
Biznes rejalarni ishlab chiqish norma va normativlar hamda ishlab chiqish 
texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi asosida amalga oshiriladi. 
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga 
juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. 
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki 
bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy 
yoki absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi. 
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni 
aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. 
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
­
ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga muvofiq 
kelishi lozim; 
­
o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda aniq 
bo’lishi; 
­
yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini 
to’liq yoritishi kerak; 
­
bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim; 
­
o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim; 
­
moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha 
o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi; 
­
operativlik – reja tuzuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim; 
­
yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi; 


64 
­
iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim. 
Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga 
bo’linadi: 
­
miqdor va sifat; 
­
natural va qiymat. 
Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa 
ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.). 
Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari 
orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni 
pasaytirish, samaradorlikni oshirish. 
Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga, sifat 
ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi.
Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini 
xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos 
birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.). 
Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun 
shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu 
tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish 
koeffitsientlari orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch 
darajasi bilan, sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan 
o’lchanadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida 
o’lchash imkoniyatini beradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin