269
12.2.
Urushdan keyingi institutsionalizm (XX a. 40–70-y.)
Institutsionalistlar
asta-sekin boshqa iqtisodiy
maktablar talqin qila boshlagan iqtisodiy
muammolarni tahlil qila boshladilar. Lekin
bunda ular o‗z
tahlilini har xil siyosiy, ijtimoiy,
madaniy institutlarni hisobga olgan holda olib
bordilar. Asosiy e‘tibor ijtimoiy samaradorlik va
ijtimoiy
xarajatlar
tushunchalariga
berila
boshladi.
a) “Yangi industrial jamiyat” konsepsiyasi
Ikkinchi
Jahon
urushidan
keyin
sof
institutsionalizm
biroz susaydi, ammo
Jon
Kennet Gelbreyt (1909-yil)
asarlarida birmuncha o‗zgargan shaklda
qayta tiklandi. Uning
«Yangi industrial jamiyat»
nomli
asosiy asari
iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va roliga bag‗ishlangan.
J.K.Gelbreyt fikri bo‗yicha, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xatti-
harakati murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi yirik korporatsiyalar
bilan aniqlanadi. Zamonaviy korporatsiyalarda
real iqtisodiy hokimiyat
kapital egalariga emas va hatto menejerlarga ham emas, balki texnologik
bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo‗ladi. Texnostruktura
vakillari ishlab chiqarish to‗g‗risida o‗ziga xos professional bilimga va
qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotlarga ega. Albatta, rasmiy
jihatdan
muhim qarorlar, qoidaga ko‗ra kompaniyaning yetakchi
menejerlari – direktor va uning o‗rinbosarlarining alohida huquqi
hisoblanadi. Lekin barcha qarorlarni qabul qilish deyarli 100 foiz
axborotlarga bog‗liq. Axborotlar esa texnostruktura «nazorati»
ostida
bo‗ladi.
Texnostrukturaning hukmronlik qilish sababini J.K. Gelbreyt
tarixiy o‗xshashlik nuqtayi nazaridan asoslab berishga harakat qiladi.
Industrial jamiyatgacha bo‗lgan davrda asosiy ishlab chiqarish omili yer
hisoblangan, negaki, u ancha noyob resurs sifatida bo‗lgan. Shuning
uchun real hokimiyat yer egalariga qarashli bo‗lgan.
Buyuk geografik
kashfiyotlar va sanoat to‗ntarilishi natijasida yer resurslari o‗zining
noyoblik xususiyatini yo‗qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi
omili
Dostları ilə paylaş: