268
yordamning talabga javob bermaydigan me‘yori uchun qiymat tizimini
tashkil etdi, ortodoksal nazariyaning me‘yoriy-pozitiv bo‗lishini ham rad
etdi, axloqiy muhokama qilishni iqtisodiy tahlil qilishga qo‗shishni taklif
qildi. Jamiyatda foyda omili salbiy natijalarga egaligini ko‗rsatib berdi
va yuqoridagilarning hammasini aralashmaslik siyosati yakuni sifatida
ko‗rsatdi. U ko‗plab asosiy noortodoksal mutafakkirlarning qismatini
boshidan o‗tkazdi: u ortdoksallar tomonidan nazorat qilingan akademik
jamiyatda qo‗lga kiritgan xizmatlariga befarq emasdi. Uning g‗oyalari
yaxshilab ko‗rib chiqilmasdan rad etildi.
Keyinchalik Keyns Sey qonunini rad etganidan so‗ng u ortodoksal
pozitsiadan ketdi, uning rivojlanishiga muvofiq ravishda Hobson ham
o‗zgardi. 1936-yilda u Hobsonning Sanoat psixologiyasi asarini
maqtadi. Bu kitob yaqin ellik yillar ichidagi birinchi va ko‗p jildli
kitoblarning eng ahamiyatlisi edi. U ortodoksal guruh a‘zolariga qarshi
g‗ayrat va dadillik bilan kurashishga harakat qildi. Mister Hobson
harakatdan charchamadi, lekin bu baribir foydasiz bo‗ldi. U mukammal
bo‗lishiga qaramay bugun unutilgan, mohiyatan bu kitobni nashr qilish
iqtisodiy fikrlardagi bir davrdir
70
. Keyns e‘tiroz bildirishni davom
ettirdi, u Hobsonni talabga javob bermaydigan iste‘mol nazariya-
chilarining noortodoksal iqtisodchilarining muhim guruhiga tegishli deb
ta‘kidladi.
Ko‗plab noortodoksal yozuvchilar qatori Hobsonning ichki
mohiyatni tushunishi uni barqaror boshqarmadi. Shunday qilib hozirgi
ortodoksal nazariyada Hobsonga tegishli ko‗zga tashlanadigan muhim
jihat yo‗q. U ortodoksal iqtisodchilar gilam ostini supurishni
rejalashtirgani kabi muammolarni namoyish qildi. Va nihoyat, bu
muammolar aytilganda Hobson fikrlari e‘tiborga olinmay, iqtisodchilar
tomonidan boshqa yechim taklif etildi. Shunga qaramay Hobson
Britaniya iqtisodiy siyosatiga muhim ta‘sir ko‗rsatdi, uning g‗oyalari
Mehnat partiyasiga ruhiy ta‘sir ko‗rsatishda ustunlik qila boshladi.
Sanoatni ijtimoiy nazorat qilishi va barcha xizmat dasturlari bilan birga
II jahon urushi davrida Britaniya Mehnat partiyasining dasturiga Jon A.
Hobsonning iqtisodiyot fani manba sifatida olindi
71
.
70
J. M. Keynes,
The General Theory of Employment, Interest, and Money
(London: Maxmillan, 1936),
pp. 364-365.
71
―History of Economic Thought‖
Dostları ilə paylaş: