Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun,
F.Grexem) qat‘iy belgilangan paritet rejimini qo‗llashni taklif qilishgan.
Bunda to‗lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning
o‗zgarishiga yo‗l qo‗yilgan. Ularning fikricha, valyuta kursining
o‗zgarishi – to‗lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas,
chunki tashqi bozordagi narxlarning o‗zgarishiga valyuta kursining
o‗zgarishi yetarlicha ta‘sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi
prinsiplarida o‗z ifodasini topgan.
Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi
Bu nazariyaning mohiyati qat‘iy belgilangan valyuta kursiga
nisbatan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimining quyidagi ustunliklarini
asoslashdan iborat:
313
To‗lov balansining avtomatik tekislanishi.
Tashqi muhitga bog‗liq bo‗lmagan holda milliy iqtisodiy siyosat
usullarining erkin tanlanishi.
Valyuta spekulyatsisining oldini olish, chunki suzib yuruvchi
valyuta kursida valyuta operatsiyasida qatnashuvchi tomonlar foydasi
nolga teng bo‗ladi, ya‘ni biri foyda qilsa, ikkinchisi shu miqdorda zarar
ko‗radi.
Xalqaro savdoni rag‗batlantirishi.
Davlatning valyuta kursini o‗rnatishiga ko‗ra valyuta bozorining
o‗rnatgan valyuta kursi yaxshiligi.
Monetar iqtisodchilar fikriga ko‗ra valyuta kursi bozordagi talab va
taklifga asosan erkin tebranib turishi lozim, davlat esa kursni tartibga
solishi lozim emas.
Valyuta kursi normativligi nazariyasi
Bu nazariyaga ko‗ra valyuta kursi iqtisodiyotni tartibga soluvchi
qo‗shimcha vositadir. Bunda egiluvchan kurs rejimi taklif qilingan
bo‗lib, bu kursni davlat nazorat qilishi lozim. Bu nazariyaning normativ
nazariya, deb atalishiga sabab bunda valyuta kursi paritetga va xalqaro
tashkilotlar tomonidan belgilangan kelishuvlarga asoslanadi.
Barcha valyuta kursi nazariyalari tarafdorlarini ikki guruhga
ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhdagilar eksportyorlar manfaatini
himoyalash maqsadida valyuta kursini pasaytirishga qaratilgan davlat
valyuta siyosatini yuritishni xohlasalar, ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy
qonun-qoidalar asosida valyuta kursini erkin tebranishi tarafdorlaridir.
Ikkinchi
guruhdagilar
iqtisodiy
muvozanatga
davlatning
aralashuvisiz erishishni ko‗zda tutadilar. Bunda valyuta kursi nazariyalari
valyuta kursining oshishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi,
degan fikrni ma‘qullaydilar. Shuningdek, bu valyuta kursi nazariyalari
asosida mamlakat iqtisodiyoti uchun to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga
nisbatan valyuta kursini tushirish davlat uchun foydali emasligini
isbotlashgan.
Eksportyorlar tarfdorlari fikrlarini davlatning valyuta kursini
pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini (devolvatsiya) ma‘qullaydilar.
Buning asosiy maqsadi eksportni rivojlantrish va to‗lov balansining
ijobiy saldosini ta‘minlashdir. Lekin valyuta kursini o‗rnatishda barcha
makroiqtisodiy parametrlarni (YaIM o‗sish darajasi, inflyatsiya va
boshqalar) hisobga olish lozim.
|