45
Temur, A.Navoiy, Z.Bobur
va boshqa ko‗plab olim va shoirlar, davlat
arboblari yetishib chiqdi. Ularning asarlarida ham iqtisodiy fikrlar o‗z
aksini topgan. Biz ularni quyida ko‗rib chiqamiz.
A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari
O‗rta asrda ilg‗or
iqtisodiy fikrlarni ilgari
surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristo-
telning izdoshi, uning
asarlarini tahlil qilgan
«ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–
950)
hisoblanadi. U ko‗p qirrali olim bo‗lib, o‗z
bilimini oshirish yo‗lida tinmay mehnat qilgan,
qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi
bilan suhbatlashib
undan saboq olish uchun
yo‗lga chiqqan. U 70dan ko‗p tilni bilgan.
Forobiy bir asarni bir marta o‗qib tushu-
nolmasa, uni qayta-qayta o‗qigan. Aristotelning
«Jon haqida»
asarining Forobiy o‗qigan
nusxasi topilgan bo‗lib,
kitob chetiga uning
tomonidan
«Men bu kitobni yuz marta o„qidim»
, boshqa bir kitobda esa
«Bu kitobni qirq marta o„qidim, lekin yana o„qishim kerak»
, deb
yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‗qib o‗rganish bilan birga, ularga
sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning
«Metafizika»
asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‗liq
tushunganligi haqida yozgan.
Forobiy bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan
moddiy
ehtiyojlar
to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. Uning fikricha,
odamlarning
ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir
odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‗p
narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‗zi
topa olmaydi va ularga
erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‗ladiki, uning har biri u
ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‗ladi».
Jamiyat
shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‗g‗risida bunday tushuncha o‗sha
davrdagi ilg‗or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik
yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har
xil hunar
turlarini uqtirib o‗tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o‗xshab
Dostları ilə paylaş: