62
zarur qilib qo‗yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‗lgan
daxlsizligi ta‘minlangan.
Umuman, soliq bo‗yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan
kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‗rishga soliqchilarning haqqi
yo‗q edi.
Soliq miqdori va to‗lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning
oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim
ma‘murlar jazoga tortilgan.
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko‗pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini
alohida ta‘kidlab o‗tish lozim. Elchilar «Buyuk ipak yo‗li» xafvsizligini
ta‘minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli ayniqsa, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta
mustahkamligiga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, pulning:1) qiymat
o‗lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‗arma vositasi kabi uchta asosiy
vazifasi mavjud. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam
bo‗lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga
olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o‗tkazib turiladi.
1428-yili Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan islohot katta ijobiy
ahamiyatga ega bo‗ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi.
Ulug‗bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim
hissa qo‗shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga
erishildi.
Dostları ilə paylaş: