Mirzayev Muzaffar Maxmudovich xmi va mamlakatshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti



Yüklə 140,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü140,07 Kb.
#206846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari

4-bosqich. 
2009-moliya yilining yakunlariga ko’ra, Yaponiya nominal 
yalpi ichki mahsulot hajmi 5 trln. AQSH dollaridan ortiq bo’lib, bu ko’rsatkich 
bo’yicha jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o’rinni egallagan edi,. Ammo 2010 
yilning avgustiga kelib mutaxassislar Xitoy iqtisodiyoti bu ko’rsatkich bo’yicha 
Yaponiyani ortda qoldirganligi ma’lum qildilar. Shunga qaramasdan, mamlakat 
iqtisodiyoti o’sha yili 4 foizga o’sdi, bu ko’rsatkich 2009-yilda 6,0 foizni tashkil 
etgandi
11

So’nggi 
bosqich 
jahon 
iqtisodiyotining 
globallashuvi 
va 
integratsiyalashuvi sharoitida kechmoqda. Yaponiya iqtisodiyoti uchun bu 
bosqich o’z qudratini tiklashga bo’lgan urinishlar natijasini o’z ichiga olishi 
kutilmoqda.
2010-yilga qadar Yaponiya jahonda ikkinchi iqtisodiyot bo’lgani hech 
kimga sir emas. Ammo so’nggi bir necha yillardan buyon mamlakat bir necha 
iqtisodiy muammolar markaziga aylanib qolmoqda. Lekin bu muammolarning 
paydobo’lishi ancha uzoq davrlarga borib taqaladi. Ularni quyidagicha 
tasniflash mumkin
12

1.
 
Iste’mol: 
-
So’nggi yigirma yilda o’sish sur’atlarining o’rtacha 0 foizdan 
oshmaganligi; 
-
Mamlakat iste’mol hajmining deflyatsiya oqibatida turg’un holatga 
kelib qolganligi; 
-
Davlat qarzlari hajmining tinmay o’sib borayotgani;
-
2011-yilgi Buyuk Sharqiy Yaponiya zilzilasi hamda 2012-yilgi 
retsessiya natijasida iqtisodiyotda de’ressiya kayfiyatining saqlanib qolishi
2.
 
Monetar vaziyat: 
-
Uzoq muddatli deflyatsiya; 
-
Eksportga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan o’ta barqaror iyena kursi. 
3.
 
Bandlik: 
-
Nisbatan ishsizlikning past darajasi, ammo demografik vaziyat bilan 
bog’liq bir qator omillar ta’sirining namoyon bo’lishi; 
-
Ayrim sohalarda mehnat resurslarining tanqisligi, xususan, qurilishda; 
-
Bandlikda ayollar ishtirokining past darajasi. 
11
Деловая Япония, тома XIV-XV. Экономика и связи с Россией в 2007-2009 гг. – М.: «ПОЛПРЕД 
Справочники», 2009. – 448 стр. 
12
Austin, “The 3 Arrows of Abenomics Explained”


-
Qishloq xo’jalagi sohasida band bo’lganlar yoshining qarib, sonining 
kamayib borayotganligi. 
Yuqorida sanab o’tilganidek, mamlakat iqtisodiyoti mana bir necha 
yildirki barqaror iqtisodiyot maqomini qo’ldan boy berib turg’un holatga tushib 
qolgan.

Yüklə 140,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin