Mirzayev Muzaffar Maxmudovich xmi va mamlakatshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti



Yüklə 140,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü140,07 Kb.
#206846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-bosqich.
1970-yillar Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishida yangi 
sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanadi. 1973 yil va 1978-yildagi neft inqirozlari 
mamlakatda resurs sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlar uchun qiyin vaziyatni 
yuzaga keltirdi. 1960-yillar o’rtalarida boshlangan real ish haqi darajasining 
oshishi mehnat xarajatlarini ko’paytirib, mehnat sig’imi yuqori bo’lgan 
tarmoqlarning raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi. Bularning barchasi 
yuqori inflyatsiya sharoitida yuz berdi
6

1970-yillarga qadar Yaponiya sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida 
ishchi kuchi arzon bo’lgan yagona davlat edi. Bu davrga kelib mamlakat 
xo’jaligi energiya va material tejovchi texnologiyalarga o’ta boshladi. Ishlab 
chiqarishda bunday o’zgarishlar sodir bo’lishiga xizmatlar sohasi rolining 
ortishi ham sabab bo’ldi. Natijada hukumat sanoat sohasini tubdan isloh 
qilishga kirishdi: 1983 yilda ayrim tarmoqlarni qayta qurish bo’yicha 
favqulodda chora-tadbirlar haqida qonun qabul qilindi
7

Shu bilan bir vaqtda, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi ham 
boshlandi. Ham davlat, ham kompaniyalar atom energiyasidan foydalanish, 
fazoni o’rganish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi fundamental izlanishlar 
olib borishda faollasha boshladilar. Xususan, Yaponiyaning ilmiy-tadqiqot 
tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlari 1975-yilda 2,1 foizni tashkil etgan 
bo’lsa, 1985 yilda bu ko’rsatkich 3,1 foizga yetdi. 
5
N.To’xliyev “Osiyo taraqqiyot modeli”. –T.: “O’zbekiston”, 2015. -176b.
6
Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, MIACJ, 2014, 24-bet 
7
Лезилова Л. Н., Садыбекова Б. Д., Юлдашкулов З. М. Экономика Японии, 1-қисм, 2011, 25-bet 


1970-yillarning boshigacha mamlakat YaIM tarkibida qayta ishlash 
sanoati ulushi doimiy oshib bordi (1970-yilda YaIMning 6,8 foizi), keyin esa 
asta-sekinlik bilan kamayib bordi. Qayta ishlash sanoatining tarmoq tarkibida 
ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mashinasozlikning jami sanoat 
mahsulotidagi ulushi 1960-1973-yillarda 30,7 foizdan 56,5 foizga o’zgardi. 
Bunga asosan, elektrotexnika sohasining jadal taraqqiy etishi sabab bo’ldi. 
Yog’ochni qayta ishlash, tekstil sanoatlari ulushi sezilarsiz darajada qisqardi.
Bu davrda YaIMda qishloq xo’jaligining ulushi keskin kamaydi; 1960-
1970 yillar orasida 13 foizdan 4 foizga qisqardi. Uchinchi sektorning ahamiyati 
ortib borib, 1985 yilga kelib YaIMda uning ulushi 60,7 foizni tashkil etdi. 
1973-yilda Yaponiyada suzib yuruvchi valyuta ayirboshlash kursi tizimi 
joriy etildi. Natijada 22 yil davomida amalda bo’lgan valyuta kursi mexanizmi 
o’zgarib, yenning dollarga nisbatan qadri osha boshladi (360 yen = 1 dollardan 
308 = 1 dollarga). Natijada 1980-yillarning oxiriga kelib sanoati rivojlangan 
mamlakatlar bilan o’zaro savdo balansidagi defitsit o’sib ketdi. Hukumat 
islohotlar o’tkazib Yaponiya Milliy Temir Yo’llari (JNR), Nippon Telegraf va 
Davlat Telefon Korporatsiyasi (TPC)ni davlat tasarrufidan chiqardi, ya’ni 
xususiylashtirdi. 
1970-80-yillarda iqtisodiy o’sish surhatlari avvalgi davrdagidan pastroq 
bo’ldi; 1970-yillarda o’rtacha 4,5 foiz, 1980-yillarda esa o’rtacha 4,0 foizni 
tashkil 
etdi. 
Lekin 
bu 
ko’rsatkichlar o’sha davrda sanoatlashgan 
mamlakatlarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq hisoblangan. Shu 
sababli Yaponiyaning iqtisodiy qudrati AQSH va SSSRdan keyingi uchinchi 
iqtisodiy kuch sifatida baholanardi. 1980-yillarning oxirlariga kelib 
Yaponiyaning milliy boyligi qiymati 1,363 trln. yenga teng bo’lib, bu 
ko’rsatkich YaIMning qariyb 5,6 barobarini tashkil etgan
8


Yüklə 140,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin