1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   308
Nazorat savollari. 
1.
Tеxnologiya so‘zi nimadan olingan? 
2.
Tеxnologiya asosiy vazifalari nimadan iborat? 
3.
O‘zbеkiston Rеspublikasida faoliyat ko‘rsatib kеlayotgan kimyo sanoati korxonalarini 
sanab o‘ting? 


15 
 
2-Mavzu:KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING ASOSIY IQTISODIY 
KO'RSATKICHLARI 
 
Tayanch so‘zlar. 
tannarx, mexanizatsiya, avtomatlashtirish, uzlikli va uzliksiz jarayonlar
optimallashtirish, unumdorlik. 
 
Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri anna shu optimal qulay texnologik tizimlarni 
yaratishdan iborat. Har bir texnologik operatsiya ishlab chitqarish mobaynida aniq qulay sharoitda olib 
borilishi kerak (qulay temperaturada, bosimda, kontsentratsiya va b.), shu qulay sharoitlarni aniqlash 
kimyo texnologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu sharoitlarni aniqlash uchun esa shu kimyoviy 
jarayonning nazariy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Kimyo texnologiyaning nazariy 
asoslarini ishlab chiqish kerak.
Har bir texnologik operatsiyalarga lozim bo‘lgan optimal sharoit aniqlangandan so‘ng, shu 
operatsiyalarni o‘tkazish uchun texnika talablariga javob beradigan unumli reaktorlarni va apparatlarni 
tanlash kerak. Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va jarayonning texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari shu apparatlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.
Shu sababli texnologiyada kimyoviy reaktorning nazariyasiga, klassifikatsiyasiga, ularning 
ishlash maromiga katta e‗tibor beriladi. Texnologiyaning vazifasi yuqoridagi ko‘rsatilgan vazifalar 
bilan cheklanib qolmay, balki yana ishlab chiqarishni tashkil qilish, ish kuchidan to‘g‘ri va xom 
ashyodan ratsional, kompleks foydalanish, maxsulotning va xom ashyoning sifatini uzliksiz kuzatib 
turish va boshqalardan ham iboratdir. 
Tanlangan texnologiyaning afzalligini aniqlash uchun avvalambor uning texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatgichlarini aniqlash kerak, buning uchun, mahsulotning tannarxini xisoblash, sarflangan kapital 
mablag‘lar miqdorini nazarda tutish kerak. 
Kimyo sanoatining texnika taraqqiyotidagi ahamiyati va axoli ehtiyojini qondirish. 
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligini ko‘plab miqdordagi turli mahsulotlar bilan ta‗minlaydiki, bularsiz 
hozirgi jamiyat taraqiy etishi amrimahol bo‘lur edi. Hozirgi sanoat tarmoqlarining aksariyati 
(metallurgiya, mashinasozlik va xokozo) kimyo tufayligina ildam rivojlandi. Chunonchi, yog‘ochni 
kimyoviy ishlash yo‘li bilan plasmassa, aktivlashtirilgan ko‘mir, tutunsiz porox, sirka kislota, etil va 
metil spirti, atseton, aromatik birikmalar va boshqalar olinadi. 
Xalq xo‘jaligini kimyolashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 
Kimyolashtirish deganda kimyoviy usul, jarayon hamda materiallarni xalq xo‘jaligiga joriy etish 
tushuniladi. Bu esa ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqroq rivojlantirish, xom ashedan kompleks 
foydalanish, chiqindisiz ishlash imkonini beradi. Masalan mineral o‘g‘it va zaxarli kimyoviy 
moddalarsiz qishloq xo‘jaligini jadallashtirish xaqida gap ham bo‘lishi mumkun emas. O‘z navbatida, 
plasmassa, sintetik tolalar, sintetik yuvuvchi vositalar ham borgan sari turmushimizdan keng o‘rin 
olmoqdalar. 
Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. 
Kimyo sanoatining rivojlanishi ko‘p jixatdan kimyoviy texnikani takomillashtirish bilan 
belgilanadi. Texnika taraqiyotining bosh maqsadi mexnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot 
sifatini oshirib, uning tannarxini pasaytirishdir. 
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari; 
►1) Unumdorlikni oshirish
►2) Apparatlarning ish sur‗atini oshirish; 
►3) Sermexnat jarayonlarni mexanizatsiyalash; 
►4) Avtomatlashtirish va distantsion boshqarish (ASUTP); 
►5) Davriy jarayonlarni uzliksiz jarayonlar bilan almashtirish; 
►6) Reaktsiya issiqligidan foydalanish; 
►7) Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish; 



Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin