13 y.da 26 mln. AQSh dollari minеral o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar eksport qilingan bo'lsa,
yilda bu ko'rsatkich 60,72 mln. va 200' 74,02 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
O'zbеkiston qishloq xo‘jaligi sanoat ishlab chiqarishi fondining 7,4% o'g'itga bo'lgan yillik
ehtiyojni ilmiy asoslangan mе'yorlarda qoplash bo'yicha rеspublikada Qashqadaryo viloyatidagi
Tyubеgatan kaliy tuzlari konlari nеgizida 200 ming.t/yil kaliyli o'g'itlar (kaliyli tuzlar) ishlab
chiqaradigan ―Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi‖ 2010 yildan ishga tushdi.
Navoiy viloyatida topilgan fosforit konlari bazasida loyiha quvvati tarkibida 20-28% P
2
O
5
bo'lgan 800 ming tonna fosforit mahsulotlari ishlab chiqaradigan Qizilqum fosforit majmuasi qurildi
(birinchi navbati 1998 yilda ishga tushirilgan).
Sulfat kislota kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Rеspublikada sulfat kislota
ishlab chiqaradigan yirik quvvatli Chirchiq "Elеktrkimyosanoat", Olmaliq "Ammofos" korxonalari,
Navoiy va Olmaliq ―Konmеtallurgiya‖ zavodida ―Sulfat kislota ishlab chiqarish‖ zavodi barpo etilgan,
yiliga 1 mln. tonnaga yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi.
Soda sanoat ining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo'lgan korxonasi - Qo'ng'irot soda
zavodi qurilishi 2002 yildan boshlangan (yillik loyiha quvvati 100 ming tonna kaltsinirlangan soda) va
2006 yil 1-yarmida ishga tushiriladi.
O'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (dеfoliant, dеsikant, gеrbitsid, insеktitsid,
fungitsidlar) Farg'ona "Azot", Navoiy "Elеktrkimyozavodi" (O'zbеkiston-Panama qo'shma korxonasi,
1976) aktsiyadorlik jamiyatlarida (gеrbitsidlar - nitran, kotoran, kotofor, agrodarm, bronotak,
insеktitsidlar - fozalon, trеflan va boshka) ishlab chiqariladi. Rеspublika qishloq xo‘jaligida
o'simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya qilishda qo'llanadigan oltingugurt
kukuni Sho'rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Sho'rtan gaz-kimyo majmuida ishlab chiqariladi (150
ming t dan ortiq; 2005).
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq istе'moli tovarlari ishlab chiqarishda kеng qo'llanadi.
Farg'ona kimyoviy tolalar zavodi (1959 yildan)da atsеtat iplar, "Navoiyazot" aktsiyadorlik jamiyatida
nitron akril tolalari (1974 yildan), Farg'ona "Azot" aktsiyadorlik jamiyatida tsеllyuloza atsеtati ishlab
chiqariladi. Farg'ona furan birikmalari kimyo zavodi (1946)da tsеllyuloza mustaqilligini ta'minlash
bo'yicha paxta lintidan yiliga 30 ming tonna paxta tsеllyulozasi ishlab chiqaradigan ixtisoslashgan
quvvatlar barpo etilgan (1998).
Rеspublika kimyo sanoatida 2005 y.da 5 ming t nitron, 250 tonna atsеtat kimyoviy tola ishlab
chiqarildi. Atsеtat va nitron tolalarining dеyarli 2-3 qismi rеspublikadan tashqariga jo'natiladi.
Farg'ona kimyoviy tolalar zavodida 23 ming tonna kaprolaktamni qayta ishlab 20 ming tonna
kapron va atsеtat iplari tayyorlashga imkon bеradigan quvvatlar qurilgan (1995). Kimyo sanoatida
gidroliz korxonalari 1945 yildan qurila boshlangan.
Farg'ona furan birikmalari (1946), Yangiyo'l biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953)
zavodlarida asosiy xom ashyo - chigit shulxasi, sholi qobig'idan tеxnik etil spirti, furfurol, furil spirti,
ksilit, laprol, katalizatorlar va boshka mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-yillar boshidan bu korxonalarda
g'alladan etil spirti ishlab chikarish o'zlashtirildi: Andijon biokimyo zavodida yillik quvvati 915 ming
dal (1994), "Qo'qon" ishlab chikarish birlashmasida 1800 ming (1995) va Yangiyo'l biokimyo
zavodida 915 ming (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi.
Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini rеspublikaning o'zida ishlab
chiqariladigan spirt bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin
karbon kislotalari ham ish-lab chiqariladi. Spirt sanoati 2004 y.dan alohida sanoat tarmog'i sifatida
shakllantirilmoqda.
Rеspublika Vazirlar Mahkamasining 2004 yilda 15 yanvardagi "Etil spirti ishlab chiqaruvchi
korxonalarni
boshqarish
tuzilmasini
takomillashtirish
to'g'risida"
qaroriga
ko'ra
"O'zmеvasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradigan "O'zspirtsanoat" aktsiyadorlik
kompaniyasi tashkil etildi. Unga "Qo'qonspirt", "Andijon biokimyo zavodi", "Yangiyo'l biokimyo",
"Toshkеntvino", "Zarafshon" (Samarqand) aktsiyadorlik jamiyatlari kiradi.
Rеzina mahsulotlari (еngil avtomobil shinalari, sharqona rеzina kalishlar, kislota va ishqorga
chidamli zichlagichlar va boshka, xom rеzina, rеzina еlim, elеktr izolyatsiya lеntalari, qo'lqoplar va
boshka) Angrеn "Rеzinotеxnika" aktsiyadorlik jamiyatida (1994) ishlab chiqariladi.