1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308
Texnologik rejim deb-
jarayonning tezligi, mahsulotni unumi va sifatiga ta'sir etuvchi 
asosiy omillar (parametrlar) yig'indisiga aytiladi. Ko'pchilik kimyoviy-texnologik jarayonlar uchun 
rejimning asosiy parametrial: harorat, bosim, katalizatorlarni qo'llash va ulaming aktivligi, o'zaro 
reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsen-tratsiyalari, reagentlarning aralashtirish usullari kabilar 
hisoblanadi. Kimyoviy texnologik jarayonlarning ba'zi tiplari uchun rejimning boshqa, ko'pchilik 
kimyoviy-texnologik jarayonlarga xos bo'lmagan ko'rsatkichlari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 


11 
 
Masalan, elektrokimyoviy jarayonlar, tok kuchi va kuchlanish bilan, radiatsion kimyoviy jarayonlar esa 
qo'llaniladigan radiatsiya darajasi bilan tavsiflanadi. 
Texnologik rejim parametrlari tegishli reaktorlarni konstruk-siyalash prinsiplarini aniqlab beradi. 
Texnologik rejim parametrlarining optimal qiymati, apparatlarning eng yuqori mahsuldorligi 
vajarayonlarda xizmat qiluvchi kishilarning mehnat unumdorligiga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham 
texnologik 
rejim 
parametrlarining 
qiymatlari 
va 
tabiati, 
kimyoviy-texnologik 
jarayonlar 
klassifrkatsiyasida asos qilib olingan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kimyoviy texnologiyaning muhim vazifasi kimyoviy mah-sulotlarni ishlab chiqarishda u yoki bu 
kimyoviy reaksiyalarning borishi uchun qulay, optimal iqtisodiy samarali usullar va sharoitlarni qidirib 
topishdir. 
Kimyoviy texnologiya xomashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshqarish jarayonlarini, ijtimoiy 
va iqtisodiy omillarni resurslar bilan ta'minlash va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta'minlash, 
parametrlarning (harorat, bosim, jarayon, konsentratsiya, xomashyoni qayta ishlash tezligi va 
boshqalar) optimal qiymatlarini to-pish, apparatlarni tayyorlash uchun materiallarni tanlash, jara-
yonning texnologik sxemasini yaratish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish kabi ishlarni bajaradi. 
Bularni amalga oshirishda u kimyo va fizikaning asosiy (fundamental) qonunlaridan foydalanadi. 
Kimyo texnologiya tizimlari deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga 
oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. Shunday kilib KTT, kimyoviy jarayonni, u ketayotgan 
kurilmani, jarayonni nazorat va boshkarish vositalarini va ular orasidagi o‘zaro boglikliklarni o‘z 
ichiga olar ekan.
Masalan: reaktorda ketayotgan boshkariladigan kimyoviy jarayonni KTT deb karash mumkin.

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin