SO
4
+HNO
2
Oltingugurt (IV)-oksidini nitrozada eritsak, nitrit kislota sulfit kislotani sulfat kislotagacha
oksidlaydi.
SO
2
+H
2
O=H
2
SO
3
H
2
SO
3
+2HNO
2
=H
2
SO
4
+2NO+H
2
O
Nitrozilsulfat kislota ham oltingugurt (IV)-oksidlashda ishtirok etadi. Mahsulot hosil bo‘lish
minorasida hosil bo‘lgan azot II-oksidini oksidlash minorasiga yuboramiz u yerda u qisman azot (IV)-
oksidigacha oksidlaydi. Azot II va Azot IV –oksidlari nitrit angidrid bilan muvozanatda bo‘ladi.
NO+NO
2
↔N
2
O
3
Gazlar aralashmasi yuttiruvchi minoraga yuboriladi, u yerda azot III-oksidi sulfat kislotada yutilib
nitrozilsulfat kislotasini hosil qiladi. Uning eritmasini yana oltingugurt to‘rt oksidini oksidlash uchun
yuboriladi.
Ishdan maqsad:
nitroza usulda sulfat kislota olish.
Qurilma va materiallar;
1. Sulfat kislota olish qurilmasi.
2. Mis yoki latun qirindisi yoki mis sim.
3. Kontsentrlangan nitrat kislota.
4. Natriy sulfit yoki bisulfit
5. Kontsentrlangan sulfat kislota
6. 0,1 n ishqor eritmasi
7. 250 ml li o‘lchamli kolba, 20-25 ml li pipetka
8. Ishning bajarilishi
Nitroza usulida sulfat kislota olish quydagi ko‘rsatilgan qurilmalar asosida olinadi.
185
Azot to‘rt oksidi 1 kolbada 7-10 ml kontsentrlangan nitrat kislotaga mis qirindisini
ta‗sir ettirib
olinadi. Oltingugurt to‘rt oksidi 2 kolbada 3-5 g натрий сульфит ѐки bisulfitga sulfat kislota ta‗sir
etish natijasida olinadi. Sulfat kislotadan 15-20 ml olamiz. Hosil qilingan gazlar yuvuvchi
qurilmalardan reaktorga o‘tadi. Reaktor asosiy mahsulot hosil qiluvchi minora hisoblanadi. Ikkala
kislotalarni ham juda kam miqdorlarda quyish kerak. Yaxshisi tomchilab qo‘ygan yaxshi. Ya‗ni bir xil
hajmdagi gazlar hosil bo‘lishi uchun. Buni hosil bo‘lgan gaz bufakchalari orqali rostlash mumkin.
Reaktor qisqa trubasimon shishalar bilan to‘ldirilgan. Ularni suv bilan ho‘llab qo‘yamiz. Buning
natijasida SO
2
, NO
2
, va H
2
O reaktorda ta‗sirlashib sulfat kislotasini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan azot
ikki oksidi reaktordan chiqib yuttirishga yuboriladi. Yuttirish kalonkasi qisqa shisha trubkalar bilan
to‘ldirilgan bo‘lib, ular kontsentrlangan sulfat kislota bilan namlangan yuttirish kalonkasiga azot
oksidini oksidlash uchun traynikdan oz-oz miqdorda havo ochib turish kerak, oltingugurt to‘rt oksidini
oksidlash to‘liq borishi uchun gazlarni juda kam-kamdan berish kerak. Bu miqdor 2-3 sekunda 1 gaz
pufagini tashkil qilsin. Oqimtir rang faqat reaktorning pastki qismida kuzatilishi mumkin. Agar
reaktorning butun qism azot oksidining rangi bilan qoplangan bo‘lsa, azot oksidining miqdorini oshirish
kerak. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng hosil bo‘lgan sulfat kislotani bo‘shatib olib, reaktorni 3-4 marta
10-12 ml suv bilan yuvamiz. Reaktorni yuvgan suvimizni ham sulfat kislotani bo‘shatib olgan
stakanning ustiga solamiz. So‘ng sulfat eritmasini 200 yoki 250 ml o‘lchamli kolbaga solib,
o‘lchamigacha suv bilan to‘ldiramiz. Eritmani ishqorning 0,1 n eritmasi bilan titrlaymiz. Hosil bo‘lgan
sulfat kislotasining miqdorini hisoblaymiz. Olingan natriy sulfit yoki bisulfitga nisbatan sulfat
kislotasining chiqish miqdorini hisoblaymiz. Birinchi bo‘lib hosil bo‘lgan oltingugurt to‘rt oksidining
miqdorini hisoblash kerak. Yuttirish kalonnasida nitroza qoladi. Uni stakanga qo‘yib olib, kalonna
sulfat kislota bilan yuviladi va ishga tayyorlab qo‘yiladi.
|