232 indikator qog‘ozi quruq bo‘lsa, ajralib chiqayotgan gazni dastlabki ajralib chiqish vaqtini aniqlash
qiyin bo‘ladi. Shuning uchun reaktiv qog‘ozni glitserinda namlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu holatda
reaktiv qog‘ozni gaz ta‗sirida qizarishi qog‘oz chetidan boshlanadi va destruktsiya vaqtini aniqlash
oson bo‘ladi. Indikator qog‘oziga glitserin hammomi haroratini ta‗siri bo‘lmasligi uchun, qog‘ozni
namuna solingan probirkani yuqori qismiga o‘rnatish kerak bo‘ladi, Namuna bilan reaktiv qog‘oz
orasidagi masofa 8 sm bo‘lishi kerak, Polimer namunasi parchalana boshlashi bilan reaktiv qog‘oz
rangini o‘zgara botlashi orasidagi vaqt taxminan 60 sek. tashkil qiladi.
Kerakli moddalar va asboblar 1. Probirka o‘lchamlari 15 mm, 150 mm
2. Polimer namunasi —2 gr. polimer namunasi.
3. Indikator qog‘ozi — indikator qog‘ozini tayyorlash uchun eni 5 mm bo‘lgan sifatli filtr qog‘ozi
olib, har bir sm ni qalam bilan belgilab chiqiladi. Bu qog‘ozni 0,1 % li kongo qizileritmasi va
glitseringa botirib olinadi. Bu qog‘ozlar yorug‘lik tushmaydigan yopiq idishlarda saqlanadi.
4. Hammom — bu ishni bajarish uchun suyuq parafin yoki glitserin
hammomidan foydalaniladi. Tajriba harorati — standartlarga ko‘ra 180 ±2 °С bo‘ladi.
1- gltserin hammom
2- aralashtirgich
3- termometr
4- polimer namunali probirka
5- reaktiv qog‘oz
Ishni bajarish tartibi Namunalar
tozalab
yuvilib
va
quritilib
probirkalarga solinadi. Reaktiv qog‘oz yuqorida
aytib o‘tilgandek masofada probirkalarga joylashtiriladi va probirka og‘zi paxta bilan berkitiladi.
Probirka og‘zini juda maxkam berkitmasligi kerak. Probirkani shunday tayyorlab, 180 ±2 °С ga
haroratga ega bo‘lgan glitserin hammomida 7 sm chuqurlikda o‘rnatiladi. Bir vaqtda harorat 180 ±2
°С ga chiqqandan boshlab, to indikator qog‘ozi ko‘k rangga bo‘yalguncha bo‘lgan vaqt sekundomer
yordamida o‘lchanadi.
Yuqorida belgilangan tartibda 2 xil namuna o‘lchanadi. Bunda 1 — chi probirkaga toza PVX
solinadi, 2 — chi probirkaga tarkibida barqarorlovchi tutgan PVX namunasi solinadi.
Tarkibida barqarorlovchi bo‘lmagan namuna bilan barqarorlovchili PVX namunasi destruktsiya
haroratlari va destruktsiya vaqtini solishtiriladi. Shuningdek, destruktsiyagacha va destruktsiyadan
keyin namunalar rangi ham solishtiriladi.
Xuddi shu tajribani barqarorlovchilar miqdorini va turini o‘zgartirib ham olib borish mumkin.
Olib borilgan tajribalar yuzasidan talaba xisobotni ushbu jadval bo‘yicha to‘ldiradi:
Destruktsiya
harorati
boshlanishi,
Т
1
°С
Destruktsiya
harorati
tugashi,
Т
2
°С
Destruktsiya
vaqti,
V
1
sek
Destruktsiya vaqti,
V
2
, sek
Tarkibida
barqarorlovchisi
bo‘lgan polimer