247
Gorelkadan foydalanayotganda olanga gorelkaning ishda yonishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Alanga gorelkaga so‘rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim.
Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining ostiga asbest,
marmar, g‘isht kabi ximoya vositalaridan qo‘yib foydalanish kerak.
Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda
foydalanilganda xavfsizlik
qoidalari
Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida sikilgan holda, uglekislota, ammiak xlor
serevodorod kabi
gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma xolda bo‘ladi. Atsetilen balloni
g‘ovak ko‘mir va erituvchi (atsiton) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to‘ldirilgan ballonlarga
nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo‘lgan uchun, ular bilan juda ehtiyotlik
bilan muomila kilish kerak.
Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo‘lishi, zaharli gazlar
solingan ballonlarning
shtutserlari esa qo‘shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Yonuvchi gazlar
(masalan vodorod) solinadigan ballonlarning shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. Bundan maqsad
xatolik natijasida ularga kislorod quyib yubormaslik yoki aksincha kislorod balloniga yonuvchi gaz
quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o‘zining bo‘yaladigan rangiga, markirovakasi (belbog‘
rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko‘rsatilgan yozuvga ega bo‘lishi kerak. Ballonlar ma‗lum muddat
ishlatilgandan so‘ng, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab ko‘riladi
va mahsus belgilar
qo‘yiladi. Sinov muddati o‘tib ketgan ballonlarni ishlatish qat‗iyan mumkin emas.
Ballonlar quyidagi sabablarga ko‘ra portlab ketishi mumkin.
a) Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba‗larining ta‗siri natijasida;
b) Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki
ularni urish;
v) Kislorod ballonlarining yog‘, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi.
Ballonlar isitish manba‗laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5 metr
uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib tushmaydigan qilib qotirilgan
xolda saqlanishi kerak.
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo‘ljallangan va tegishli ranga bo‘yalgan redukturlar
yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta tekshiruvdan
o‘tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul kiluvga xajm uchun lozim bo‘lgan maksimal ishchi
bosimga rostlangan bo‘lishi kerak.
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan foydalnmaslikka
xarakat qilish kerak. Agar foydalanishga to‘g‘ri kelsa nixoyatda ehtiyotlik bilan katta kuch ishlatmay
harakat
qilish darkor, aks xolda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib yuborib ballonning
portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: