55 Masalan, rangli mеtallurgiya sanoati bilan kimyo sanoati korxonalarini quramalash va kimyo –
mеtallurgiya kobinеtlari tashkil etish hisoblanadi.
Chiqindisiz ishlab chiqarishda, ayniqsa, qurilish korxonalarini koopеratsiyalash muhimdir.
Chunki kimyo zavodlari yoki mеtallurgiya zavodi chiqindilari qurilish korxonalari uchun bеton
to‘ldiruvchisi, g‘isht xom ashyosi, sеmеnt xom ashyosi va avtomobil yo‘llari uchun mustahkam
qoplamalar qilishda ishlatiladi.
Xomashyoni kompleks ishlatilishi Kimyo sanoatida asosiy muammolardan biri-xomashyoni kompleks ishlatishdir, chunki bunda
atrof-muhitni ifloslantiradigan, aholi yashaydigan joylardan uzoqroq yerlarga olib borish uchun
qo‘shimcha sarf xarajatlar talab qiladigan chiqindilarning yig‘ilib qolishiga barham beriladi.
Xomashyoni kompleks foydalanishnig asosiy yo‘li-murakkab tarkibga ega bo‘lgan xomashyoni
ketma-ket qayta ishlab kerakli mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarishdagi chiqindilarga
foydalanilmagan imkoniyatlar deb qaraladi va ularni yangi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
uchun arzon xomashyo sifatida foydalanishni taqozo etadi.
Xomashyoni kompleks ishlatish natijasida bir korxonaning ichida bir nechta mahsulotlarni
ishlab chiqarish mumkin.
Masalan: «CHirchiqelektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida avvallari asosan selitra
o‘g‘iti ishlab chiqarilar edi. Ammiakning sintezi uchun kerak bo‘ladigan vodorodni, tabiiy gazni (СН
4
)
konversiya qilib olinadi. Bunda vodoroddan tashqari hosil bo‘lgan CO
2
Gazidan karbamid
(mochevina) olish texnologiyasi ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
O
H
)
CO(NH
CO
2NH
2
2
2
2
3
Ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanish, birinchidan asosiy xomashyoni tejaydi,
ikkinchidan esa atrof-muhitniig ifloslanish darajasini kamaytiradi.
Masalan, superfosfat zavodlarining chiqindisi bo‘lgan fosfogipsdan sulfat kislota va tsement
olishda foydalanish mumkin.
CHirchiqdagi «Kaprolaktam» zavodida bir kecha-kunduzda taxminan 25 tonna chiqindi hosil
bo‘ladi. Uning tarkibi asosan organik birikmalardan iborat. Hozirgi vaqtda uni asosan yoqish yo‘li
bilan yo‘qotiladi. Respublika kimyogar olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida
ushbu chiqindining 40-50 % kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan benzoy kislotasi ekanligi aniqlandi va
uni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi.