Bolalar: quloqlarini silaydilar
Ko`zlarim ham yaxshi ko`radi
Bolalar: Ko`zlarini silaydilar
Quyosh taftini his qilamiz
Bolalar: nafas chiqaradilar
Barakalla bolalar endi ko`ra olamiz, eshtamiz, savollarga to`g`ri javob berish va hikoya qilib
berishga tayyorsiz.
Guruhga ayiqcha hafa holda kirib keladi.
Tarbiyachi: Salom ayiqcha nima bo`ldi, nega hafasan?
Ayiqcha: Salom bolalar men yotaverib juda ham zerikib kettim hech qachon quyosh
chiqmaydiganga o`xshaydi.
Tarbiyachi: Bolalar sizlar ham ayiqchaga achinyabsizlarmi? Kelinglar uni kayfiyatini
ko`tarish uchun koinotga sayr qilamiz. Koinot deganda osmon, oy, quyosh, yulduzlarni
tushunamiz.
Bolajonlar topishmoq aytaman topasizlar.
Tilla sandiq ochildi
Olamga nur sochildi
(Quyosh)
Barakalla bolajonlar bu quyosh edi.
Guruh xonasiga quyosh bobo kirib keladi.
Men quyosh nurlarim bilan
Iliq, issiq, taftlarim bilan
Har tong men ham shoshaman
Yayrab nurim chochaman
Tarbiyachi: Quyosh bobo bilasizmi ayiqcha sizni juda ham sog`ingan u qishning qattiq
sovug`idan yotaverib toliqqa. Bolalar bilan qaysi fasllarda butun borliqni qizdirishingizni
tushuntirsak.
Quyosh: Men har kuni yer sirtining bir tomonidan chiqib kun bo`yi osmonda harakat
qilaman, kechga borib yer sirtining boshqa bir tomoniga boatman. Yer mening atrofimda
aylanadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar diqqatingizni kompyuterga qarating, yer quyosh atrofida aylanishini
kuzatamiz. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanadi Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter,
Saturn, Uran, Neptun
Quyosh: Bolalar men haqimda she’rlar bilasizlarmi?
85
Bolalar: Oltinquyosh (Miraziz A’zam)
Quyosh chiqdi,
Oltin quyosh
Oltin quyosh ufqda,
Oltin quyosh chiqganini
Kalaytamiz qo`shiqda
Turing qani o`rningizdan
Turing oppoq bolalar
Oltin quyosh chiqqaniga
Qutlamoqda dalalar