2
1. Mavzu: “Mening jonajon O`zbekistonim”
Faoliyat
maqsadi:
Mustaqil
O`zbekiston
Davlati
haqidagi
tushunchalari
kengayadi.Mustaqillik sharofati bilan
qayta tiklangan haq-huquqlar, ozodlik, erkinlik, o`z
davlat tiliga ega bo`lish, boyliklarning xalq baxt – soadat manfaati yo`lida foydalanib
kelayotganligi haqida tushuncha oladilar, DVD disklari orqali vatan xaqidagi kompozitsiyani
va ashulalarni tinglaydilar.
O`zbekiston
Davlat gerbi, bayrog`I, madxiyasi haqidagi bolalar bilimlari
mustaxkamlanadi. Tasvir bo`yicha rasm chizish malakasini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar:
Bayram tasvirlangan DVD disk,
Davlatimiz ramzlari gerbi, bayrog`i,
mavzuga oid rasmlar, o`yin uchun jixozlar va va tasviriy faoliyat markazi.
Faoliyatni borishi:
Bolalar, bugungi suxbatimiz serquyosh O`zbekiston – ona diyorimiz
haqida bo`ladi. Mana O`zbekiston Mustaqilligining 28 yilligini nishonladik. Bu bayram biz
uchun
katta bayram, milliy bayram xisoblanadi. Kelinglar sizlar bilan birgalikda Vatanimiz
haqidagi kompozitsiyani ko`ramiz. (DVD orqali namoyish etiladi.) ko`rsatilgan bayram
taassurotlarini so`raydi.
Qani aytinglarchi bolajonlar:
- Bayram dasturida nimalarni ko`rdingiz?
- Mustaqil davlat deganda qanday davlatni tushunasiz?
(o`zgerbi, o`z madhiyasi, o`z bayrog`i, o`z tili, o`z chegarasi bor davlat).
To`gri, mustaqillik
sharofati bilan ozod, erkin bo`ldik. O`z davlat tilimizga ega bo`ldik. Biz
boyliklarimizni xalqimiz baxt-saodati, manfaati yo`lida foydalanish xuquqiga ega bo`ldik.
Biz qanday boyliklarga egamiz (paxta, neft, toshko`mir, oltin, pul)
Tarbiyachi:
28 yil unchalik katta muddat bo`lishiga qaramay, O`zbekiston Respublikasi
dunyoga mustaqil davlat bo`lib tanildi.
Hozirgi kunda mustaqil O`zbekistonning bayrog`I xilpirab turibdi. Bugungi kunda
Ozbekiston mustaqilligini juda ko`p mamlakatlar tan oldi.
Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madxiya O`zbekiston
xalqlarining shon-sharafi,
g`ururidir. O`zbekiston davlat ramzlari haqida kim she’r biladi. (Bolalar javobi).
- Barakalla, bolalar Davlat ramzlarini ezozlash, qadrlash-O`zbekistonning
qadr-qimmatini,
o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir.
O`zbekiston Davlati bilan faxrlanadigan inson juda ko`p narsalarga qodir. Bu esa
Vataning shon – shuxratini oshiradi. Bu bizning burchimiz. Buni bizlar ayniqsa
sportchilarimizni chet davlatlarida g`alaba erishganlarida bayrog`imizni
yuqoriga
ko`tarilishidan, madxiyamiz yangrashidan ham bilamiz. Sportchilarimizdan kimlarni
bilasizlar: