Tarbiyachi: - Bolalar sizlarni ham do`stinglar bormi?
- Do`stingiz haqida nimani bilasiz?
- Do`stingizni nimasi yoqadi?
Tetiklashtiruvchi o`yin: “Bu kim edi” O`yin qoidasi: Bir bola doskada orqasini qilib turadi.
Ikkinchi bola uni oldiga kelib, orqasiga qo`lini tekkizadi. Bola uni kimligini topishga harakat
qiladi. O`yindan maqsad bolalarni sezgirligini oshirish.
Kelinglar do`stlarimiz uchun sovg`alar chizamiz. Bolalarni tasviriy faoliyati
markazlariga taklif etiladi. Bolalar yoqtirgan rasmlarini chizib, do`stlariga sovg`a qiladilar.
5- mavzu: O`lkam relefi (shahar, vodiy, daryolar). Faoliyat maqsadi: O’lkam relefi (shahar, vodiy, daryolar relefi) tushunchasi bilan tanishish.
Mening o`lkam maketini yaratish, shahar, vodiy, daryolar bilan tanishish, bir-biridan
farqlash.
Kerakli jixozlar: qum, suv, loy, toshlar, shakllar,chelak, belkurak, xaskashlar, plastmas
panjaralar.
Faoliyatni olib borilishi: “Mening o`lkam” mavzusida videofilm va suratlar. Bolajonlar men sizlarga o`lkamiz mavzusidagi chiroyli video filmlarni ko`rishga taklif
etaman. (tarbiyachi videoni qo`yib beradi, videoda shaharlar, vodiy va daryolar, manzarali
tabiat aks etadi.) Video ko`rib bo`lingandan so`ng tarbiyachi bolalarga savollar bilan
muroojat qiladi:
- videodan nimalar tasvirlanibdi?
Bolalar javoblari.
- shahardan kimlar va nimalar ko`p ekan?
Bolalar javoblari.
- Insonlarga nima uchun uylar kerak?
- Uylar nimalardan quriladi?
Tarbiyachi bolalarni javoblarini to`ldiradi. So`ngra bolalarga shaharlar, vodiylar,
daryolar haqida tushuncha beradi.
Shaharlarda ko`plab odamlar yashashadi. Baland-baland uylar, zavod, fabrikalar bor. Eng
muhimi davlatimiz o`sha yerdan boshqariladi. Shuning uchun poytaxtimiz Toshkent
shahridir. (mavzuga oid rasimlar ko`rsatiladi). Bozorlari ham ko`pgina bo`ladi. Hamma
ertalab biror tomonga ishga, maktabga, o`qishga, bog`chaga shoshilib ketishadi. Shaharlarda
qo`ylar, sigirlar, uy hayvonlari kam boqiladi. U yerda uy hayvonlarini boqgani yaylovlar
yo`q. Ammo baland uylar juda ko`p. Vodiylarda esa ochiq maydonlar, yashil o`tloqlar
mavjud bo`ladi. Daryolar va kanallar mana shu o`tloqlarni suv bilan ta’minlaydi.
7
Bolalar bilan o`lkamiz relefi maketini rejalashtirish. Kelinglar sizlar bilan mana
shunday o`lkamiz relefi maketini yasashga harakat qilamiz. Buning uchun bizga nimalar
kerak boladi. (qum, tosh, suv, loy, shakllar, chelak, belkurak, xaskashlar, plastmassa
panjaralar).