8
O`yin maqsadi:
bolalar daraxtlar barglarini farqlashga o`rganadilar.
Tarbiyachi bargni ko`rsatadi. Bolalar qaysi daraxtga mansubligini aytadilar.
Yoki tarbiyachi
nomini aytadi, bolalar topib, olib keladilar. Eng ko`p topgan bola rag`batlantiriladi.
San’at markazida:
Tarbiyachi bolalarni xonaga taklif qiladi. Bolalarga daraxt barglarini rasmlarini chizishga
taklif etadi. Barglarni ranglari turlicha bo`lganligi sababli, namunaga 2-3
ta barglardan
qo`yadi. Bolalar ishlarini kuzatib, rag`batlantirib boradi.
Musiqa markazi:
Kuz ashullasini musiqa yordamida kuylash.
G`ir-g`ir shamol yeladi,
O`lkamga kuz keladi.
O`giradi yerga kuz,
Marhamat kel oltin kuz.
Tarbiyachi bolalarni bilimlarini mustahkamlab, mashg`ulotda yaxshi qatnashganliklari
uchun rag`batlantiradi.
7
- mavzu: Ko`chmanchi qushlar haqida albom tomosha qilish.
Faoliyat maqsadi:
Albomda tasvirlangan rasimlardagi qush turlarini biladi,
tabiatdagi
qushlarning hayot tarzi haqida ma’lumotlarni yig`adi qushlar o`rtasidagi o`xshashlik va
tafovutlarni farqlaydi, o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydi.
Kerakli jixozlar:
qushlarni rasmidan iborat bo`lgan fotoalbom,
mavzuli kartochkalar,
qushlar siluetlari.
Faoliyatning borishi:
1. “Qushlar” foto albomini ko`rishga taklif etadi.
Tarbiyachi:
- Bolajonlar qanday qushlarni bilasizlar, nomlarini aytinglarchi?
Bolalar qushlarni nomlarini bilganicha aytishadi. (Kabutar, musicha, chumchuq, qarg`a,
laylak, bulbul, bedana, turna va hakazo)
Tarbiyachi:
-
Bolajonlar qushlar ham bir oila bo`lib yashashadi. Ikki oyog`I, ikkita qanoti, ikkita ko`zlari
va oziqlanishi uchun tumshug`I bor. Ular tuxum qo`yadilar. Tuxumlari orqali ko`payadilar.
Ular don, qurt-qumrsqalar bilan oziqlanadi. Ular ham suv ichadilar.
Qushlarni ayrimlari
bahorda uchib keladilar va kuz faslida issiq o`lkalarga uchib ketadilar. (Bular haqida
tarbiyachi rasmlardan foydalanib tushuntiradi va bolalar bilimlarini
mustahkamlash uchun
lartochkalar tarqatadi).
Endi oldingizdagi kartochkalardan foydalanib,
Dostları ilə paylaş: