- Juda to`g`ri.
Fuqarolar atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar. Bu tabiatni
asrash degani.
Kelinglar sizlar bilan mevalardan “Ajoyib” salatini tayyorlaymiz.
Avval qo`llarimizni yaxshilab yuvamiz. Mevalarni ham yaxshilab yuvamiz. Taxtacha va
pichoqdan foydalanib, mevalarni kubik shaklida to`g`raymiz. Mana shunday qilib. Tarbiyachi
bolalarga mevali salatni tayyorlab, bolalarni va dehqon boboni mehmonxonaga taklif etadi.
Dehqon boboni davraga tashrif buyurgani uchun rahmat aytadi.
9- mavzu: “Ustoz otangdek ulug`” mavzusida suhbat
Faoliyat maqsadi
: Ustoz otangdek ulug` iborasiga hamda usta, ustoz, tushunchasiga izoh
berish. Bolalardan ustoz-shogird an’analari haqida qisqacha tushuncha hosil qilish va shu
mazmundagi rivoyatni o`qib berish.
Kerakli jixozlar:
mavzuga oid rasm, rangli qog`ozlar, yelimlar, qaychilar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
Bolalar bugun biz siz bilan ustoz, shogird odobi haqida so`zlashamiz.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug`” degan hikmat bor. Bu hikmatda olam-olam ma’no bor.
Otangiz sizni tarbiyalab voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o`sib kamolotga yetishingiz,
ilm ma’rifatli bo`lishingizga ko`maklashadi. Ustoz o`z umrini, aql-idrokini, tajribasini va
bilganlarini shogirdlariga o`rgatadi. Shogirdning yutug`idan quvonadi, muvaffaqiyatsizlikka
uchrasa g`am-anduh chekadi. Xalqimizning ustozni ulug`lashida hikmat ko`p. axir kishi ota-
onasi sababli dunyoga kelsa, ustoz ta’limi tufayli oyoqqa turadi, katta hayotga qadam
tashlaydi. Ustoz bebaxo, ulug`, g`amxo`r, mehribon inson. Shuni qayd qilish kerakki, ustozlar
ko`pni ko`rib,ko`pni bilgan, bilimda, mehnatda, aql-zakovatda el orasida tanilgan, o`z
tajribasi, bilimini boshqalarga, xususan yoshlarga o`rgatadigan kishilardir. Ular barcha
davrlarda ham o`zgacha e;zozlangan va so`zlarining ta’siri juda kuchli bo`lgan. Ayrim
vaziyatlarda, yoshlar ustozlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarab, ularni ham o`z ota-
onalari qatori izzat-ikrom qilganlar.
11
Ustoz-shogirdlik munosabatlari, ularning hunar bobida bellashuvlari, o`z ustozidan
o`tib ketgan shogirdlari mahoratini tasvirlovchi “Uchar gilam”, “Ustozdan o`tgan shogird”,
“Ustozimning nabirasi”, “Ustoz va shogird”, “Ustoz ishini shogird davom ettirar” kabi
afsona, rivoyatlar bag`oyat qiziqarlidir. Ana shulardan ham ko`rinib turibdiki, el orasida
ustozlargahurmat cheksiz bo`lib, bunga ular o`zlarining bilimdonliklari, bag`rikengliklari,
donoliklari, saxovatlari tufayli erishganlar. Ustozlar hurmatini joyiga qo`yish , ular ishonchini
oqlab, umrbod munosib izdosh bo`lib qolish har bir shogirdning muqaddas burchidir.
Shogirdlarning ham ustozlari oldida o`z odoblari bor. Eng avvalo ulug` ustozlarga shogird
bo`lish ular uchun katta baxt. Lekin shogir ustozi oldida shogirdlik odobini saqlash kerak.
Bular quyidagilar:
- shogirdning ustoz oldida o`zini kamtar tutishi;
- ustozning barcha topshiriqlarini a’lo darajada bajarish;
- ustozning gaplarini diqqat bilan tinglash;
- tushunmay qolganda uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilish;
- ustozini hamisha mamnun qilish uchun vazifalaribi sifatli va o`z vaqtida bajarish;
- Hech qachon yolg`on gapirmasligi, ustozning ko`nglini ranjitmasligi kerak.
Siz tarbiyalanayotgan bog`chada ham shogird va ustozlar bormi?
Ular kimlar deb o`ylaysiz?
To`gri bizning ustozimiz – bog`cha opamiz. Bog`cha opamiz bizning ikkinchi onamiz
to`g`rimi? Chunki ular mehribonlar. Bizni o`z bolalaridek sevadilar. Bizni aqlli, dono, odobli
bola bo`lishimiz uchun o`z yordamlarini ayamaydilar.
Bog`cha opamiz bizga kitoblar o`qib beradilar, ertaklar aytib beradilar, turli xil
o`yinlar o`ynatadilar. Kiyinishimizga yuvinishimizga yordamlashadilar. Biz doimo bog`cha
opamizni hurmat qilamiz, ularning so`zlarini diqqat bilan tinglaymiz, tushunmay qolganda
uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilishimiz, aytganlarini so`zsiz bajarishimiz
kerak. Guruhda bog`cha opamiz yo`qliklarida ham odob qoidalarini buzmasligimiz kerak.
Shunda bizdan bog`cha opamiz hursand bo`ladilar.
Bugun suxbatimiz ustozlar haqida ekan, men sizga ustozlar haqida bir masalani aytib
beraman.
“Ustozdan o`tmagan shogird – shogird emas” masali.
Tovuq tovusni o`ziga shogird qilib olibdi-da, unga rasm solishni o`rgatibdi. Vaqti-soati
kelib, endi o`zing rasm soladigan bo`lib qolding, deya tovusni “Uchirma” qilmoqchi bo`libdi.
Oradan bir oz vaqt o`tgach, tovuq shogirdini sinab ko`rmoqchi bo`lib, uyiga mehmonga
chaqiribdi. Tovuqning oziq-ovqatlarini xuddi terib qo`ygandek yerga rasmini solib
qo`yganini ko`rgan shogird, ustozi qanchalik olin demasin, qornim to`q deb turaveribdi.
Ketish oldidan: “Biznikida mehmon bo`lsangiz ustoz!” – debdi. “Sezib qolibdi demak
yetilibdi” – deb tovuq ham xursand bo`libdi ich-ichidan. Ertasiga tovuq tovusnikiga kelib,
eshik oldida turgan tulkivoyni ko`rib, iziga qaytib keta boshlabdi.
Tovus:
“Ustoz, axir bu devorga chizilgan rasm-ku”, - deya ustozni bazo`r yo`ldan qaytarga
ekan.
- Balli, ustozingdan o`zibsan, men xursandman, - debdi tovuq kerilib va shodligida qah-qah
uribdi. Qissadan hissa shuki “Ustozdan o`tmagan shogird shogird emas”.
Tarbiyachi bolalar bilan masal mazmuni bo`yicha savol-javob qiladi.
12
Bizning bog`chada ham ustozlar juda ko`p. kelinglar sizlar bilan ustozlar uchun sovg`alar
tayyorlaymiz. Yelim, qaychi va rangli qog`ozlardan foydalanib, gullar yasaymiz. Tarbiyachi
yordamlashib, mashg`ulotni yakunlaydi.
Dostları ilə paylaş: |