Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Qo`shimcha qism: 
Bolalarga nonvoy mehnati haqidagi videorolik namoyish etish. 
E’tiborga molik jixat: 
Bolajonlarni kasbga bo`lgan mehr muxabbatini uyg`otish 
11- Mavzu: “Dehqon mehnati bilan tanishtirish”.
 
Faoliyat maqsadi: 
Dehqon mehnati bilan tanishtirish. Bahorda dehqonning mehnatlaridan 
biri yerga urug` sepilishi haqida bilim berish. Mehnat qilish ishtiyoqini tarbiyalash. 
Kerakli jixozlar: 
“Tabiat va biz” burchagi va “O`yin va o`yinchoqlar” markazi. 
Faoliyatni borishi: 
Tarbiyachi: 
Bolalar bugun guruhimizga dehqon bobomiz keladilar. Kelinglar ular bilan 
salomlashamiz. Bugun bobomiz bog`chamizga yer maydonchasiga jo`xori urug`ini ekmoqchi 
ekan. Bizni yordamga chaqiryabdi. Ho`sh bolajonlar yordamlashgani boramizmi? 
Bolalar javobi: 
Ha boramiz 
Tarbiyachi: 
Bolalarni olib bog`cha yer maydonchasiga chiqishadi. 


14 
Dehqon bobo: 
Bolalar men sizlarni jo`xorini yaxshi ko`rishingizni bilib olganman. Shuning 
uchun yer maydonchasiga jo`xori ekmoqchiman. Bolajonlar sizlar ham menga yordam 
berasizlarmi? 
Bolalar: 
Ha yordam beramiz 
Tarbiyachi: 
Bolalarga jo`xori suratlarini ko`rsatib so`raydi? Bolajonlar suratda nima 
tasvirlangan? 
Bolalar: 
Jo`xori 
Tarbiyachi: 
Bolalar jo`xorini urug`lardan o`stirish mumkunmi? 
Bolalar: 
Ha mumkun 
Tarbiyachi: 
Ha biringizga jo`xori urug`ini kaftingizga qo`yaman. Bolajonlar jo`xorini rangi 
qanaqa ekan?
Bolalar javobi: 
Rangi och sariq 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar dehqon bobo sizlarga jo`xorining usti silliq yoki g`adir –budurligini 
aniqlash uchun barmoq bilan silab ko`rishni taklif qilmoqchi ekan. Bolalar kaftidagi 
urug`larni dehqon bobo ko`rsatgan ariqlarga ekishini o`rgatadi. Qiynalgan bolalarga 
tarbiyachi yordamlashadi. Shundan so`ng dehqon bobo urug`lari ustiga tuproq tashlashni 
ko`rsatadi. So`ngra urug`larga suvni qanday quyishni o`rgatadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin