Bolalar javobi: Mevalar va sabzavotlar
Tarbiyachi: Juda ham to`g`ri qo`limdagi savatchalarda ham meva va sabzavotlar, ularning
rangi va shakli turli xil o`lchamda. Kelinglar “Bu nima” o`yini o`ynaymiz.
Tarbiyachi: Bolalar ko`zchalarini mato bilan bog`laydi va savatdagi meva va sabzavotlardan
olishni taklif etadi. Bola poypaslab qo`liga savatdanmeva yoki sabzavotni oladi.
Tarbiyachi: Qo`linga nimani olding? U nima, uning shakli qanaqa?
Bola javobi: Olma yoki sholg`om, shakli dumaloq.
Tarbiyachi: Mazasi qanday bo`ladi?
Bola javobi: Shirin va nordon.
(Tarbiyachi savol-javob metodi orqali 4-5 bola bilan o`yinni davom ettiradi, bolalarga
sabvzavot va mevalarni farqlashni o`rgatadi, bilimlarini mustahkamlaydi).
Tarbiyachi: Endi bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman.
Kichkina dexcha,
Ichi to`la mixcha.
1- bola: Anor
Tarbiyachi: Qizil gulday, gul emas,
Hidi guldan kam emas.
O`zi dumaloq tuxum emas,
Yesang shirin, asal emas.
2-bola: olma
Tarbiyachi: Juda to`g`ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi.
1-bola: Ha
Xoy olma, olma, olma
Meni ovora qilma
Bir oz bo`y cho`zay
Olmalaringdan uzay
2- bola: Olchaxonga ustozman,
Nordonlikdan halosman.
Undan katta bir oz man,
Sizlar sevgan gilosman
3- bola: Olmadir mening ismim,
Biram yoqimli ism,
Ne’mat ichra a’loman
Yetmish dardga davoman
Tarbiyachi: Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi?
1- Bola: Ha, men aytsam maylimi. Anvar Obidjonning “Kartoshka”, she’rini aytib beraman.
Goh uxlayman turbada,
Goh pishaman shorvada.
Qovurmada qaynayman,
Mastavada yayrayman.
Lag`monda ham men mehmon,
16
Hamma joyda tayyorman.
Ko`rinmasam shovlada,
Erinmasdan kovla-da