Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Kerakli jixozlar: 
Mustaqillik maydoni, bayramshukuxi tasvirlangan rasmlar, dunyo bolalari 
aks etgan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga butun dunyoda tinchlik bo`lishi haqida hamda 
O`zbekiston Respublikasi uning mustaqillikka erishgani obod va farovonhayotimiz, 
diyorimizdagi o`zgarishlar, tinch va musaffo osmonimizhaqida ma’lumot beradi. Shundan 
so`ng guruhdagi bolalardan mustaqillik, Vatan tushunchalari haqida so`raydi.
Bolalar bilganlarini bayon etishadi. 
1-bola: 
Mustaqillik bu yaxshi yashash, erkinlik, hech kimga qaram bo`lmaslik. 
2-bola: 
Vatan bu yuimiz, ko`chamiz, shaxrimiz, obod mahallamiz, obod qishlog`imiz, 
tug`ilgan joyimiz. 
 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar
 
sizlarning javobinglardan shunday xulosaga kelamiz.
Vatan tug`ilgan joyimiz ona shaxrimiz! Uning obodligi va farovonligi tinchligi uchun 
barchamiz birdek mas’ulmiz! 
Mustaqillik esa eng qimmatbaxo ne’mat uni qadrlash, asrash har birimizning ulkan 
maqsadimizga aylanishi lozim. 
 
Tarbiyachi: 
bolalarni guruhlarga ajratib, har bir guruhga “Mustaqillik maydoni, tinchlik 
ramzi” suratini tarqatadi. Tarbiyachi mazkur rasmlarga binoan har bir guruhdagi bolalarga 
bajaradigan ishlari to`g`risida tushuncha beradi. Bunda bolalardan rasmga qarab xikoya 
tuzish so`raladi. Har bir guruh 4-5 nafar boladan iborat bo`ladi. Ularga turli topshiriqlar 
beriladi.
1-guruhdan rasmdagi qizlar va o`g`il bolalar soni aniqlash so`raladi.
2-guruh esa ularning kayfiyatini va harakatlarini aytib berishlari kerak. 
3-guruh esa rasimdagi bolalar kiyimlarini va ranglarini tasvirlash vazifalari beriladi.
Shundan so`ng tarbiyachi faol ishtirok etgan guruhlarni rag`batlantiradi. So`ng bolalarga 
buyuk allomalarimizning fikrlarini aytib beradi.
Leonel Messi: 
Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko`rishdan ham ulkanroq quvonch 
yo`q, bolalarni kulgusi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin