Mening jonajon O`zbekistonim


Qimmat:  Kelishdik men albatta topaman  Tarbiyachi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Qimmat: 
Kelishdik men albatta topaman 
Tarbiyachi: 
Unday bo`lsa diqqat bilan tingla 
Dum dumaloq barkash non 
Ko`k yuzida suzadi (Oy) 
Tarbiyachi: 
Bolalar u to`g`ri javob berdimi 
Bolalar: 
Yo`q topishmoqning javobi Oy 
Tarbiyachi: 
Senga yana bir topishmoq aytaman 
Tunda ko`rib cho`g deysan 
Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz) 
Qimmat: 
Axir bu olovku topdimmi 
Tarbiyachi: 
Sen topishmoqning javobini topa olmading bu yulduz edi. Bolajonlar 
Qimmatxon kun va tunni farqlay olmas ekan. Kunduzi quyosh charaqlab chiqib bepayon 
olamga yorug`lik tarqatib turadi. Yerdagi butun tirik tabiat, o`simlik va hayvonlar, insonlar 
quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir. Tunlari esa osmonda son sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi. 
Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada aslida ularning har biri juda ulkan. Yulduzlar rang 
barang ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir bo`ladi. Bolajonlar Odil Abdurahmonning “Oy 
allasi” she’rini kim aytib beradi.
 
Bolalar: 
Oy ona emish
Bolasi yulduz 
Alla aytarmish 
Oppog`im qunduz 
Ko`zim nurini
Senga tutdimo 
Otangday bo`l deb 
Yo`ling kutdimo 
Otam qayda deb 
So`rama bolam 
Otang quyoshdan 
Bahramand olam 
 
Tarbiyachi: 
barakalla bolajonlar qani aytinglarchi oy ona bolasiga yulduzga nimalar haqida 
so`zladi? Quyosh oy yulduzlar kimlarga o`xshatilgan? 
Demak bolajonlar inson tirik tabiatning hayotida bu osmon jismlarining ahamiyati muhim 
ekan. Ayiqvoy. Quyoshbobo, Qimmatxon kelinglar bolalar bilan birga “kun va tun” o`yinini 
o`ynaymiz. Guruh ikki jamoaga bo`linib 1-quyosh, 2- yulduzlar 
Bolajonlar sizlar bilan muassasa atrofiga sayrga chiqamiz. O`yinimizni kunning ikkinchi 
yarmida davom ettiramiz.


90 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin