91
Har neyniki ayladim xatolig` bo`ldi
O`z yurtini qo`yib Hind sari yuzlandim
Yo rab netayin, bu ne yuzi qarolig` bo`ldi.
Zaxiriddin Muhammad bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo`lib
qolmay, balki shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.
Ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoirilm o`z-o`zidan bunyod
bo`lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ega bo`la oladi deydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak
Organgali ilm tolibi ilm kerak
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo`
Men bormen ilm tolibi ilm kerak
Yaxshi xulq – atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xiclat va olijanob fazilatdir:
Xulqingni rost etgil har sorig`aki borsang
“Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo`q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondi
yaxshilig`.
Bobur xalqimizning “qilmish –qidirmish”
degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik,
yomono kishi yomonlik ko`radi mazmunidagi misralarni bitadi.
Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g`ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham
bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo`li, shodyona va
alamli sargushatlari bilan
bog`liq.
Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo`ldi,
biroq bunga erisholmadi. U Movaraunnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi
bo`ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo`ldi.
Ko`ngli tilagan murodga yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi
Bu ikki muyassar o`lmasa olamda
Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi
Bobur Afg`oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining
oxiriga qadar tug`ilib o`sgan yurtidan-diyoridan ko`ngil uzolmadi,
vataniga qaytish fikridan
kecha olmadi. U Afg`onistondaligida yor-do`stlariga yozgan bir ruboiynomasida:
Beqayd mehu xarobi sim ermasman
Ham mol yig`itirur laim ermasman
Qabulda iqomat qildi Bobur dersiz
Andoq demangizlarki, muqim ermasman, degan edi
Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga
keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir.
Yod etmas emish kishibi g`urbatda kishi
Shod etmas emish ko`ngili mehnatda kishi
Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi og
G`urbatda sevinmas emish albatta kishi
92
Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik’, “yuz qarolik’ deb biladi, bu
ishidan qattiq pushaymon bo`ladi.
Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi.
Demak bolajonlar bizlar ham o`z ona vatanimizni sevib, e’zozlab, qadriga yetib
yashashimiz kerak. Aziz bolajonlar endi buyuk bobomiz Z.M.
Bobur ruboyilaridan
o`rganamiz va yod olamiz.
Dostları ilə paylaş: