98
1. Bolalar qum, qumdan yasalgan predmetlar va ularni rasmini ko`rish, slayd tomosha qilish,
tarqatmalardan foydalanib izohlash.
2. Xo`l qum va quruq qumni farqlash.
3. Xo`l qumdan nonchalar yasash.
4. Qumni xususiyatlarini aks ettiruvchi rasm va tarqatmalar bilan tanishtirish.
5. Tarqatmalarni tartib bilan ketma-ketlikda qo`yish.
6. Bolalarni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism :
Sayrda qum bilan o`yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash. Bolalarda
faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganadi.
E’tiborga molik jixati:
Bolalarga tabiatga va atrof-olamga qiziqishini oshirish. Hamda qum,
uning xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tabiat va fan markazida tarbiyachi
Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa ? (Bolalar jo`r ovozda qum deydilar) Keyingi
rasmni ko`rsa (Bolalar suv deydilar) Qarang aziz bolajon, suvni qumga quysak biz nima
bo`lar qaqajon ? (Hammalari birgalikda xo`l qum deydilar) xo`l qumdan yasaymiz nonchalar,
to`g`rimi javob bering bolachalar ? (Bolalar to`g`ri deydilar) quruq qumni sochganda, atrofga
dumalaydi. Demak undan nonchalar yasab bo`lmaydi. (Bolalar ha deb tasdiqlaydi)
66-Mavzu : To`kiladigan jismlarni hajmini o`lchash.
Maqsad :
To`kiladigan jismlar xaqida tushunchaga ega bo`ladi, to`kiladigan jismlarni
hajmini biladi, to`kiladigan jismlarning hajmini o`lchay oladi. O`lchov asboblarini bilib oladi,
o`lchash usullarini o`rganadi, tabiat narsa va predmetlarga o`z munosabatini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: