Kerakli jixozlar: Baxor fasliga oid rasmlar, tabiat xodisalari aks ettirilgan rasmlar, tabiat
mo`jizalari haqidagi video roliklar, rag`bat tasmalar
Qo`llaniladigan usul: ko`rsatish, tushuntirish, savol-javob orqali mustaxkamlash, o`yin
rag`batlantirish.
Mashg`ulotning borishi: Bolalarni mashg`ulotga tayyorlab olish.
Tarbiyachi: Bolalar o`lkamizga qaysi fasl tashrif buyurdi?
Bolalar javobi: Tarbiyachi: Baxor faslida kunlar qanday bo`ladi
Bolalar javobi Tarbiyachi: Baxor faslida qanday bayramlar nishonlanar ekan
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar
Bolalar baxor fasli kelishi bilan dalalarda dexqonlar mexnati boshlanadi. Baxorning ilk
kunlaridan boshlab dehqonlarimiz yerga ishlov berib, milliy boyligimiz bo`lgan paxta ekini,
sabzavot ekinlarini ekish uchun xozirlik ko`radilar. Qishning qorlari yerdan baxorning tafti
kelishi bilan eriy boshlaydi.
Tarbiyachi: Bolalar baxor haqida kim she’r aytadi.
1-bola: Tezroq baxor kelsaydi
Binafshani ko`rsaydim
Tezroq baxor kelsaydi
Momaqaymoq tersaydim
2-bola: Keldi baxor, gul baxor
Erib ketdi oppoq qor
Tarbiyachi: Bolajonlar raxmat sizlarga endi sizlar bilan sayoxatga chiqamiz. Sayoxatda
sizlar bilan baxorgi dala hayotini dexqonlar mehnatini kuzatamiz. Sayoxatga boorish uchun
tez yurar poyezdni yordamga chaqirganman. Hozir bizni ko`z ochib yumguncha
manzilimizga olib borib keladi. Qani bo`lmasa yo`lga otlanamiz.
Tarbiyachi: Vatanimiz dalalari go`zalligi, chiroyli manzaralarini kuzatishim uchun qishning
qorlaridan to`yingan yerlarni ko`rish uchun bog`ga kimning yordami kerak bo`ladi.
Bolalar: Sexrgar momo
Tarbiyachi: Sexrgar momo deyishi bilan sexrgar momo xozir bo`ladi. Katta ekran orqali
dexqonlarni baxordagi mehnatlarini, tabiatimizdagi baxorgi o`zgarishlar aks ettirilgan
videorolik taqdim etiladi. Bolalar vedeorolik orqali kattalar mexnatini qadrlashga, mehnat
97
qilishga o`rgatish, shuningdek baxordagi uyg`onish davri haqida tabiat xodisalari haqida
bilimlar berishga erishish.