93
62-Mavzu:
Buyuk alloma Ibn Sino.
Maqsad:
Ibn Sino mevalar va sabzavotlarning shifobaxshligi, hususiyatlaridan bemorlarni
davolashga samarali foydalanganligini tushuntirish.
Tarbiyachi:
Kelinglar bolajonlar Ibn Sino bobomizning ibratli so`zlaridan aytamiz.
1-bola:
Chang meva yema, sog`liqdan kechma
2-bola:
Yeb bo`lib ovqat, yugurma faqat
3-bola:
Darsdning og`rig`I bu – tish og`rig`idir
4-bola:
Sog`lom bo`lay desang ozoda yur
5-bola:
Agar chang va g`ubor bo`lmaganda edi, inson ming yil yashardi.
Tarbiyachi:
Ko`rdingizmi bolajonlar ushbu ibratli so`zlarga amal qilsak hech qachon kasal
bo`lmaymiz.
Bundan tashqari Ibn Sino bobomiz o`limi oldidan shogirdlariga shunday degan ekan:
“Men o`zimdan keyin 5 ta shogird qoldiryabman”
Qani bolajonlar ularni navbat bilan aytamiz.
1-bola:
birinchisi – tozalik
2-bola:
ikkinchisi – parhez
3-bola:
uchunchisi – badantarbiya
4-bola:
to`rtinchisi va beshinchisi- kayfiyatdir.
Tarbiyachi:
Barakalla bolajonlar
Syujetli-rolli o`yinlar va drammalashtirish.
Tarbiyachi:
Ibn Sino bobomiz tabiblik qilish bilan birga kitob o`qishni va to`plashni yaxshi
ko`rgan. Buni biz “Ibn Sino va kitoblar” rivoyatidan ham ko`rishimiz mumkun.
Kunlarning birida bir Podshoh og`ir betob bo`lib qoladi. Uni davolatish uchun Ibn
Sinoning oldiga olib kelishadi
Podshoh:
husayn betob bo`lib qoldim. Meni faqat sen davolay olar ekansan.
Ibn Sino:
Xo`p bo`ladi podshohim, men harakat qilib ko`ray.
Podshoh:
Agar meni davolasang senga istaganingcha boylik beraman.
Dostları ilə paylaş: