Zumradoy: Qimmatoy mana bu choynak va piyolani bezagini qara qanday chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar idishlar maxsus issiqlikdan chiqqandan so`ng naqqoshlarimizning
ishi boshlanadi.
Qimmatoy : nashq nima ?
Tarbiyachi: naqsh milliy san’at turlaridan biri bo`lib gazlamalarga yog`ochlarga va chinni
idishlarga tovoqlarga bezak sifatida ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy
obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular go`lzalligi, betakrorligi sababli umrboqiy
hisoblanadi. Naqshlardan milliy hunarmandchilikda, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi.
Naqshlar to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlardan tashkil topadi va ko`pgina buyumlarga bezak
berishda foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlar, sochiqlarning chetlari to`lqinsimon,
to`g`ri va doira shaklda bezatilgan. Idishlar ularni paxta gulli atlas nusxada mayday gulli
idishlarni tarbiyachi bniloan birgalikda kuzatadi. Bu naqshlarda milliy boyligimiz paxta atlas
aks ettirilgan.
O`yin : Sherigini top
O`yinning borishi: bolalar ikki guruhga bo`linadi quti ichida oshxona jihozlari va idish
tovoqlar saralab oladi. So`ng so`ng tayyor piyola shaklli bolalarga tarqatib beriladi. Bolalar
o`z hohishiga ko`ra naqshlar bilan bezatadilar. Idishlar jamlanmasini Zumradoy va
Qimmatoyga sovg`a qilinadi. Zumradoy bolalarning ishlaridan hursandligini bildirib
hayrlashadi.
71-Mavzu “Mening chiroyli kemacham haqida suxbat” Maqsad: Bolalarga suv transportlari haqida tushuncha berish. Mavzuni mustahkamlash, nutq
madaniyatini oshirish, lug`at boyligini kengaytirish.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, bolalar ijotidagi ishlardan
namunalar.
Markazlar: bolalar kutubxonasi, tasviriy faoliyat qurish yasash, o`yin va o`yinchoqlar
markazi.